So’nggi yangiliklar

08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  0 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  0 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  63 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  5 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  2 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  27 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  3 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4

OFK Kubogi. "Nasaf" "Xo'jand" ustidan yirik g'alabaga erishdi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi Yangiliklar

OFK Kubogi. "Nasaf" "Xo'jand" ustidan yirik g'alabaga erishdi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi

OFK Kubogi 2-tur doirasida "Xo'jand" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi o'yin matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

OFK kubogi-2021
17 may 2021 yil. Dushanbe. "Respublika Markaziy" stadioni. 21:05 ("Futbol TV")
Bosh hakam:
Ahmad Al Ali (Kuvayt)
Qanot hakamlari: Abdulhadi Alanezi (Kuvayt), Sabet Obaid Suroor Sabet Al-Ali (BAA)
Zaxira hakami: Omar Mohamed Ahmed Hassan Alali (BAA)
Komissar: Rashid Mahboub Al-Dosari (Qatar)
Nazoratchi: Holid Rashid Salim Abdulla Alallan (Bahrayn)

"XO'JAND" (TOJIKISTON) - "NASAF" (O'ZBEKISTON) 0:3 

Gollar: Akmal Mozgovoy 9', Husniddin Aliqulov 42', SHerzod Nasrullaev 45+1' 

"Xo'jand": 88. Aleksey Matrosov, 7. Artyom Serdyuk, 10. Dilshod Bozorov, 12. Ehson Boboev, 13. Nozim Bobojonov, 18. Daler Yodgorov, 20. Samandar Ochilov, 21. Firdavs CHakalov, 66. Naimjon Ibrohimzoda, 70. Abdulmo'min Zabirov, 77. Grek Maksim.

Zaxira: 1. Dalerjon Barotov, 4. Parviz Boqiev, 6. Xojiboev Ziyoev, 8. Baxtiyor CHoriev, 9. Parviz Boqi Ohunov, 14. Tohir Malado'stov, 16. Suhrobxo'ja Yusupov, 73. Alisher Barotov, 99. Firuz Xolmatov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (8. Dilshod Saitov, 62), 19. Husayin Norchaev ( 25. Muxriddin Zoirov, 62), 20. Suhrob Nurulloev (55. SHahzod Akramov, 76), 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev (15. Jo'rabek Mannonov, 62), 50. SHohmalik Komilov (70. Abubakr Rizo Turdialiev, 78), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 14. SHokir Yo'ldoshev, 28. Sardor Sadullaev, 71. Jasur Jumaev.

Ogohlantirish: Nozim Bobojonov (70).

Bahs yakunlandi!  G'alaba muborak, qadrli vatandoshlar! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. "Nasaf" so'nggi daqiqalarni ham hujumda o'tkazyapti. Ofarin!

85. "Xo'jand"da 2 ta o'zgarishga qo'l urildi. Yodgorov va Maksim maydonni tark etdi, Xolmatov va CHoriev o'yinga qo'shildi.

83. "Nasaf" to'pni o'zida saqlab turibdi, Bozorov va Turdialiev markazda faollik namoyish qilishdi.

79. Zarba!  Zoirovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

78. "Nasaf"da o'zgarish: SHohmalik Komilov o'rniga Abubakr Rizo Turdialiev maydonga tushdi. 

76. "Nasaf"da almashtirish: Nurulloev o'rniga Akramov tushirildi. 

74. O'yin asosan maydon markaziga kechmoqda va keskinlik ham oshdi.

71. "Xo'jand" safida bir nechta o'zgarishlar amalga oshirildi. 

70. Bobojonov Mozgovoyga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochka oldi.

69. "Xo'jand"ning hujumi noaniq harakat tufayli to'xtab qoldi. 

67. Ibrohimzodaning uzoq masofadan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

65. Stanoevchi burchak to'pini o'yinga kiritdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

62. "Nasaf"da 3 ta o'zgarish: G'aybullaev o'rniga Saitov, Nasrullaev o'rniga Mannonov, Norchaev o'rniga Zoirov tushdi. 

60. Bozorov o'zining chalg'ituvchi harakatlari bilan CHakalovni aldadi va markazga pas uzatdi, to'pga esa Matrosov ega chiqdi. 

59. Aliqulov hujumda qo'pollik ishlatdi deb topildi. Keyingi vaziyatda Serdyuk ofsaydda qolib ketdi. 

57. Nasrullaev va Serdyuk o'zaro qo'pollikdan so'ng tortishib ketishdi, hakam futbolchilarni ajratdi. 

55. Nurulloev ichkariga kirib borib, sherigi tomon pas berdi, Bozorovning zarbasi o'xshamadi, himoyachilap to'pni uzoqlashtirishdi. 

53. Nurulloevnning ajoyib pasidan keyin Aliqulov va darvozabon to'qnash kelishdi, Husniddinning zarbasini darvozabon qaytardi, burchak zarbasi. 

51. Ehson Boboevning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

49. "Xo'jand" vaziyat yaratishga harakat qilmoqda, biroq "Nasaf" himoyachilari ishonchli o'yin ko'rsatishmoqda. 

47. Stanoevichning uzatmasidan so'ng Husniddin Aliqulov bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:3. Tanaffus! 

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mozgovoyning pasidan keyin tinib-tinchimas SHerzod Nasrullaevning o'zi ham gol urishga erishdi – 0:3! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

45. Nasrullaevning uzatmasidan keyin to'p Stanoevichga etib keldi, Markoning kuchli zarbasi noaniq ketdi. 

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Nasrullaevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Husniddin Aliqulov bosh bilan gol urdi – 0:2!

39. Mozgovoyning zarbasi!  To'p himoyachiga tegib qoldi. 

37. Uuuuux!  Stanoevich o'z uslubida olis masofadan darvozani nishonga olishga urindi. 

35. Nasrullaev qanotdan tezlik olgan CHakalovni yiqitishga majbur bo'ldi. 

33. Zarba!  Abduvohid Nematov darvozani tark etib, to'pni bosh bilan ortga qaytardi, Firdavs CHakalov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishga urinib ko'rdi, noaniq.

31. Nasrullaev Serdyukka nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

30. "Nasaf" futbolchilari ishonchli tarzda o'yin namoyish qilib, o'ziga xos kombinaciya ko'rsatishdi, ammo hozircha samarasiz.  

27. Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatirdi, lekin hakam negadir bunga befarq qaradi. Jarima maydoni chizig'i yonginasida yaxshi standart amalga oshirilishi mumkin edi...

24. "Nasaf" "Xo'jand" himoyasini yorib o'tib, ichkariga kirishga urinyapti. 

22. Stanoevich chap qanotda turgan SHerzod Nasrullaevni oldinga boshladi, uning uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi. 

20. Bozorov to'p bilan hujumga intildi, ammo noaniq pas orqali to'pni raqibga topshirdi. 

18. Stanoevichning uzatmasidan keyin G'aybullaev havodagi kurashda Serdyukka nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

16. SHerzod Nasrullaev maydon markaziga yaqin hududda Nozim Bobojonovga nisbatan qoidani buzdi. 

15. Husniddin Aliqulov hujumda fol ishlatdi, qarshiliklarning yana bir hujumi shu tariqa o'z nihoyasiga etdi. 

13. Zarba!  "Xo'jand" hujumchisining bosh bilan bergan zarbasidan keyin Nematov qoyilmaqom seyv ko'rsatdi! 

12. G'olib G'aybullaev xo'jandliklarning hujumini buzib qo'ydi, u Dilshod Bozorovga imkoniyat qoldirmadi. 

11. Zarbaaa!  Bozorovning aylantirma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Husniddin Aliqulovning uzatmasidan keyin Akmal Mozgovoy hisobni ochdi – 0:1! 

8. "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi, Stanoevichning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi.

7. Aliqulovning ichkariga uzatmasidan so'ng Bozorov to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

5. "Ajdarlar" to'pga egalik qilishmoqda va dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni qo'lga oldilar. 

3. Norchaevning urinishi omadsiz chiqdi. 

2. Artyom Serdyuk Umar Eshmurodov bilan to'qnashuvda biroz lat edi, "Nasaf" "feyr-pley"ga rioya qilib, muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:05da boshlanadi. 

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +125   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика