So’nggi yangiliklar

07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  2 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  73 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1

OFK Kubogi. To'rt nafar o'zbekistonlik futbolchi o'ynayotgan "Xo'jand" guruh bosqichiga chiqdi Yangiliklar

OFK Kubogi. To'rt nafar o'zbekistonlik futbolchi o'ynayotgan "Xo'jand" guruh bosqichiga chiqdi

Tojikistonning amaldagi vice chempioni “Xo'jand” klubi kecha OFK kubogi pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvini o'tkazdi.

Qirg'izistonning “Neftchi” jamoasiga qarshi kechgan javob uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi va unda Tojikiston jamoasi qo'shimcha taymlarda yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Umumiy 3:1 ko'rinishidagi mazkur natija “Xo'jand”ga OFK kubogi guruh bosqichi eshiklarini ochdi. 

Bevosita bellashuvga to'xtaladigan bo'lsak, 33-daqiqada Dilshod Bozorov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Asosiy vaqtda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra durang bo'lgani bois, bosh hakam jamoalarni overtaymlarga taklif qildi. Qo'shimcha bo'limlarda Dilshod Bozorov ikkita gol urib umumiy g'alabani taminladi. 

"Xo'jand" safida o'zbekistonlik Mamur Ikromov, Siroj Hamroev, Sanjar Rihsiboev va Andrey Sidorov kabi futbolchilar to'p tepishdi. 


“Xo'jand” (Tojikiston) - “Neftchi” (Qirg'iziston) 3:0

Dushanbe. Respublika “Markaziy” stadioni. 5200 tomoshabin. 

OFK kubogi. Pley off. Javob uchrashuvi.

Bosh hakam: Ahmad Faysal Al Ali.

Nazoratchi: Okada Masayoshi ( Yaponiya).

Komissar: Ahmed Tillaev ( O'zbekiston).

Gollar: Dilshod Bozorov, 33 ( 1:0). Dilshod Bozorov, 107 ( 2:0). Dilshod Bozorov, 117 (3:0).

“Xo'jand” (Tojikiston): Mamur Ikromov, Siroj Hamroev, Firdavs CHkalov (Manuchehr Ahmedov, 114), Alisher Baratov (Manuchehr Safarov, 83), Oybek Abdug'afforov, Bahtiyor CHoriev (Komron Mirzanajod), Abdulmo'min Zabirov, Sanjar Rixsiboev, Fatxullo Fatxulloev, Andrey Sidorov (Amirjon Safarov), Dilshod Bozorov. 

Birinchi uchrashuv: 0:1.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика