So’nggi yangiliklar

17:20Эрон клуби Сергеевга қизиқмоқда, жамоанинг қанча маош тўламоқчи эканлиги маълум  2 15:40Бора Милутинович: "Ўзбекистон ҳар доим ўзгача жамоа бўлган. Ким рақиб бўлишининг аҳамияти йўқ"  5 15:08ФИФА ЖЧ-2026 қуръа ташлаш маросимида хизмат қиладиган юлдузлар рўйхатини эълон қилди  4 14:44Кеча "Атлетико"га гол урган "Барселона" футболчиси бу йил бошқа майдонга тушмайди  3 14:33Озарбайжон Кубоги. Раҳмоналиев асосий таркибда  0 14:00Орлов: "Шомуродовнинг футбол интеллекти бошқаларникидан устун эканини айтгандим ва мен ҳақ бўлиб чиқдим"  1 13:38TVCOM'да бугунги ўйинлар: "Реал", АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 13:17Симеоне "Камп Ноу" антирекордчиси  8 12:55Флик трибуна остига кириб кетган Симеонега етиб олди ва уни қучоқлади  2 12:43Пеп Гвардиола: "Футболилар мени ҳурмат қилмай қўйишди"  10 11:53ЎФА ва ЎзПФЛ раҳбарияти иштирокида 2026 йил режалари бўйича учрашув бўлиб ўтди  3 11:36Суперлига: Мухлис йиғиш бўйича етакчи "Нефтчи", "Бунёдкор" охирги ўринда  23 10:40Суперлига-2025. Мавсумнинг ҳақиқий 10 кашфиёти  6 10:10Суперлига плей-офф учрашувларининг расмийлари маълум  4 09:55Суперлига-2025. Ўтган мавсумнинг энг ёш ва энг ёши катта футболчиси кимлар бўлди?  1

OFK kubogi. "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiev: "Birinchi turda durang o'ynadik, shu bois endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q" Yangiliklar

OFK kubogi. "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiev: "Birinchi turda durang o'ynadik, shu bois endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q"

OFK kubogi 2-turidan o'rin olgan "Oloy" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiev va futbolchi Ahmet Ataev ishtirok etdi.

"Birinchi turda ikki ochko yo'qotdik, shu bois endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. G'alaba qozonish va guruhdagi o'z imkoniyatlarimizni yaxshilashimiz kerak", - deb gap boshladi murabbiy. 

- 1-turda ikki futbolchingiz chetlatildi. Jamoadagi intizom to'g'rilandimi? Sababi ertaga ham shunday davom etsa, "Nasaf" bilan so'nggi turdagi o'yinga futbolchilaringiz etmay qolishi mumkin...

- (kuladi) yo'q bunday bo'lmasa kerak. To'g'ri futbolda barcha narsa bo'lishi mumkin, ammo bungacha olib bormaymiz. Biz yaxshi narsalarga umid qilamiz.

- Birinchi turda "Xo'jand" bilan durang o'ynadinglar, tarkibi yangilangan jamoa shunday qarshilik ko'rsatishini kutganmidingiz?

- Albatta kutgandik. Sababi "Xo'jand" ayni paytda Tojikiston chempionatida o'ynamoqda, bizda esa o'yin amaliyoti yo'q edi. Ertangi bahsda biz o'yin tomonlama yanada yaxshi harakat qilamiz va ilk turda yo'l qo'ygan xatolarni takrorlamaymiz.



- Guruhdagi qaysi jamoani favorit deb hisoblaysi?

- Hech qaysi jamoani alohida ko'rsata olmayman. Sababi hozir hatto "Oloy"da ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Ertangi o'yinlardan keyin ko'p narsa oydinlashadi.

- Ilk turdagi durang qaysi jamoaga ko'proq foyda bo'ldi? "Oltin Asr", "Xo'jand" yoki "Nasaf"ga?

- Durang hech qaysi jamoaga minus bo'lgani yo'q, sababi ochko olindi. Keyingi ikki turda biz ham, "Xo'jand" ham ikkita g'alabaga erishsa guruh g'olibi bo'lishi mumkin.

Har qanday musobaqadagi dastlabki o'yin doim og'ir bo'ladi. Keyin esa o'yindan-o'yinga barchasi yaxshilanib boradi. "Xo'jand" bilan durang o'ynaganimiz noodatiy holat emas, sababi oldingi musobaqalarda ham bu jamoa bilan durang o'ynagandik. Mezbonlarga qarshi o'yinlar doim og'ir o'tgan. Hech kim ochko yo'qotishni xohlamaydi, ammo vaziyat shunday ekan uni qabul qilamiz", - deydi Yazguli Xodjageldiev.

"Ertaga yaxshi kayfiyatda tushamiz, qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. G'alaba qozonib Turkmaniston xalqini xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Ahmet Ataev.


 

Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston 


FC Alay Osh

AFC Cup Grp. F . 2-tur

17/05/2021, 18:00

5
:
4
Tugadi

Altyn Asyr

45'
90'

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика