So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

OFK kubogi - 2021. "Nasaf" finalda yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

OFK kubogi - 2021. "Nasaf" finalda yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Teglar :  Al MuharraqNasaf
Joriy yilgi OFK kubogi finalidan o'rin olgan "Al Muharraq" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OFK kubogi-2021, Final

"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Nasaf" (O'zbekiston) 3:0 (TUGADI)

5 noyabr 2021 yil. Arad, "Al Muharraq" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Ko Xyung Jin, Yun Jae Yeol, Park Sang Jun, Kim Dae Yong (barchasi Janubiy Koreya)

VAR hakamlari: Kim Jon Hyok (Janubiy Koreya), Muhammad Taqi (Singapur), Evans SHaun (Avstraliya)

Gol: Maxmud Al Mardi 2, 1:0, Husayin Sabba 74, 2:0, Flavio 79, 3:0

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 8. Dilshod Saitov, 5. G'olib G'aybullaev ( 2. Alibek Davronov, 84), 92. Umarbek Eshmurodov, 88. Marko Stanoevich, 10. Bahrom Abdurahimov (7. Doniyor Narzullaev, 84) 22. Akmal Mozgovoy ( 50. SHohmalik Komilov, 79), 77. Oybek Bozorov, 20. Suhrob Nurulloev (99. Andriya Kaluderovich, 74) 19. Husayn Norchaev ( 15. Jo'rabek Mannonov, 84)

Zaxira: 13. Azamat Soyibov,  28. Sardor Sadullaev, 71. Jasur Jumaev, 70. Abubakr Rizo Turdialiev, 55. SHahzod Akramov 

"Al Muharraq": 21.Sayid Abbos, 3.Volid Al Hayam, 5.Amin Benaddi, 7.Mahmud Al Mardi ( 29.Abdulla Al Xayki, 88), 8.Nur Al Ravadbeh, 10.Ablulvahob Al Malud (4.Abdulrahmon Ahmedi, 83), 13.Ahmad Solih ( 2.Husayn Sabba, 70), 14.Flavio CHeveresan, 27.Muhammad Al Banna, 55.Mozes Jona ( 6.Abdulvahob Al Safi, 88), 99.Rashid Al Xuti.

Zaxira: 24.Ashraf Al Sebaie, 25.Umar Salim,  15.Hasan Al Karani, 18.Ali Hasan Mefta, 23.Hamda Al Juban, 35.Xalifa Al Koos.

Ogohlantirish: G'olib G'aybullaev 30



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. O'ZGARISH. "Al Muharrak", Mahmud Al Mardi o'rniga Abdulla Al Xayki, Mozes Jona o'rniga Abdulvahob Al Sayfi maydonga tushdi. 

84. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov - Doniyor Narzullaev, Husayn Norchaev - Jo'rabek Mannonov, G'olib G'aybullaev - Alibek Davronov

83. O'ZGARISH. "Al Muharraq", Abdulvahob Al Malud o'rniga Abdulrahmon Ahmedi maydonga tushirildi. 

79. GOL. Maydon egalari qarshi hujumda gol urdi va amalda o'yinga nuqta qo'ydi. Flavio qarshi hujumni golga aylantirdi. 

79. O'ZGARISH. "Nasaf", Akmal Mozgovoy o'rniga SHohmalik Komilov maydonga tushdi. 

78. ZARBAAAAAA. Marko Stanoevichning jarimadan tepgan to'pi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

74. GOL. "Al Muharrak" ikkinchi golni urdi. Zaxiradan hozirgina maydonga tushgan Husayin Sabba imkoniyatdan foydalanib gol urib ketdi. 

74. O'ZGARISH. "Nasaf", Suhrob Nurulloev o'rniga Andriya Kaluderovich maydonga tushdi. 

72. ZARBAA. UXXX. Flavioning boshi bilan yo'llagan zarbasini Umidjon Ergashev ushlab oldi. 

70. O'ZGARISH. "Al Muharaq", Ahmad Solih o'rniga Husayin Sabba maydonga tushdi. 

69. SHerzod Nasrullaev yorib kirib to'pni uzatdi. To'p yo'liga raqib himoyachisi to'g'anoq bo'ldi. 

67. O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatmoqda. 

63. ZARBAAAAAAA. Oybek Bozorov juda yaxshi aldab kirib bordi. Yakuniy zarbaga esa noaniq. Hujumlar soni tobora oshib bormoqda. 

59. ZARBAAAAAAAA. Dilshod Saitovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

56. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA. UXXXXXXXXXXXX. Suxrob Nurulloevning jarima maydonchasi chizig'iga yaqin joyda bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Darvoza to'sinlari titrab ketdi. 

51. ZARBAAA. "Al Muharrak" futbolchisining zarbasini Umidjon Ergashev ushlab oldi. 

47. ZARBAAA. Oybek Bozorovning uzoqdan yo'llagan zarbasini raqib posboni egallab oldi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Hujumlar gol bilan yakunlanmayapti! 

30. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", G'olib G'aybullaev Flavioga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

30. UXXXXXXXX. "Nasaf" juda yaxshi hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni golga aylantiradigan futbolchi topilmadi. 

28. ZARBAAAAAAAAAAA. Marko Stanoevichning zarbasi rekoshet orqali darvozbonning qo'liga kelib tushdi. 

27. ZARBAAAAAAAA. EXXXXXXXXXXX. Akmal Mozgovoy chap qanotdan o'tkir burchak ostidan zarba yo'lladi. Keskin vaziyat yuzaga keldi. 

26. ZARBAAAAAAAA. Bahrom Abdurahimov kirib borib zarba yo'lladi. Darvozabon yaxshi harakat qildi. 

25. Uchrashuvdagi barcha gollarni telegram kanalimiz orqali tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH

16. Yarim himoyachilarning kombinaciyalari hujumchilargacha etib bormayapti. 

10. ZARBAA. Mahmud Al Mardining zarbasini bu safar Umidjon Ergashev ushlab oldi. 

9. "Nasaf" to'p nazoratini o'zida ushlashga harakat qilmoqda. Raqib jamoa tartibli himoyalanyapti.

2. GOL. "Al Muharraq" hisobni ochdi. Mahmud Al Mardi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Iordaniyalik futbolchi o'tkir burchakni aniq nishonga oldi.  Tezkor gol urildi. 

Uchrashuv boshlandi!

Kutib oling jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. O'zbekiston nomidan ishtirok etayotgan "Nasaf" jamoasiga omad tilab qolamiz. 

- Uchrashuv 21:00da boshlanadi. 

"Nasaf"ning bir qator ishqibozlari suyuklilarini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga etib keldi. 

"Nasaf" jamoasi azolari stadionga etib kelishdi. 

"Final yosh futbolchilar uchun tajriba va reklama bo'ladi. Husniddin Aliqulov katta yo'qotish". Sobiq "Nasaf"chilar final oldidan nimalar dedi?

Eslatib o'tamiz Ro'ziqul Berdiev shogirdlari finalga qadar guruh bosqichida "Alay", "Xo'jand", "Oltin asr", keyingi bosqichda "Ahal", "Mohun Bagan", "Li Man" kabi jamoalar to'sig'ini engib o'tdi.


"Al Muharraq" — "Nasaf" o'yini haqida 13 fakt

Qo'shnilarimiz ham "Nasaf"ga befarq emas yoxud "Alay" va "Xo'jand" murabbiylari final oldidan

 OFK kubogi-2021. "Nasaf" final o'yinida ishtirok etish uchun Bahraynga uchib ketmoqda

Uchrashuv bo'lib o'tadigan "SHayx Ali Bin Muhammad" stadioni o'yinga shay holatda. 


"Nasaf" jamoasining kiyinish xonasidan suratlar


Bugungi bahsda VAR tizimi faoliyat olib boradi. 


Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari. Bugun Qarshining "Nasaf" jamoasi OFK kubogi finalida maydonga chiqadi. Uchrashuv boshlanishiga bir necha soatlar qoldi. Biz esa unga qadar bo'lgan jarayonlarni etiboringizga havola qilib boramiz. 

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика