So’nggi yangiliklar

12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  0 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  3 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2

OFK kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi goldan keyin barchasi joyiga tushdi" Yangiliklar

OFK kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi goldan keyin barchasi joyiga tushdi"

OFK kubogining 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oloy" (4:0) uchrashuvidan keyin Ro'ziqul Berdiev va o'yinning eng yaxshi futbolchisi SHohmalik Komilov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Dastlabki 45 daqiqa davomida ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq realizaciya oqsadi, qaerdadir sovuqqonlik etishmadi. Goldan keyin barchasi joyiga tushdi deb o'ylayman. Yirik g'alabaga erishdik, bundan xursandmiz. Keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Berdiev.

- Birinchi 15 daqiqalikda vaziyatlar yaratilgan bo'lsa ham, jamoa o'yin jihatidan o'ziga o'xshamadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Hayajon bilan bog'liq deb o'ylayman. Erkin harakat qilish o'rniga bosim bilan o'ynashdi. Bu tushunarli, sababi tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p. Agar birinchi taymda gol urib olganimizda, balki biz kutgan o'yin namoyish etilardi. Yana bir holat, o'yindan oldingi ikki kunda yomg'ir yog'di, havo salqin bo'ldi. Bugun esa juda issiq bo'ldi. Bu o'yin tempiga albatta tasir qildi.

"Bugungi g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Birinchi taymda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo gol ura olmadik. Ikkinchi taymda esa o'z o'yinimizni namoyish etib gollar urdik", - deydi SHohmalik Komilov.


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston


Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика