OFK Kubogi-2021. "Nasaf" va "Oltin Asr" bugun qaysi liboslarda o'ynashi malum
20 may 2021 08:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637652_original.jpg)
![](/upload/storage/637652_220.jpg)
OFK Kubogi-2021. "Nasaf" va "Oltin Asr" bugun qaysi liboslarda o'ynashi malum
Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbeda OFK Kubogi-2021 "F" guruhi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun 3-tur bellashuvlari o'tkaziladi. Qarshining "Nasaf" jamoasi Turkmaniston sharafini himoya qilayotgan "Oltin Asr"ga qarshi bahs olib boradi.
Bugungi o'yinni tomonlar qanday rangdagi liboslarda o'tkazishlari malum bo'ldi. Unga ko'ra, bugun rasmiy mezbon hisoblangan Nasaf" o'yinchilari to'liq to'q ko'k (forma, short, gedra, xuddi avvalgi turlardagi kabi) libosda, darvozabon esa sariq rangli formada maydonga tushadi.
Turkmanistonliklar esa oq liboslarda maydonda harakat qilishadi. Jamoa darvozaboni qora rangli kiyimda maydonga tushishi belgilab qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Oltin Asr" bahsi bugun soat 17:00da start oladi. O'yin Dushanbedagi "Respublika markaziy stadioni"da o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar