OFK kubogi-2021. "Nasaf" "Ahal"ni yutsa, keyingi bosqichda kimlar bilan o'ynashi malum
04 avg 2021 12:38
Yangiliklar
OFK kubogi-2021. "Nasaf" "Ahal"ni yutsa, keyingi bosqichda kimlar bilan o'ynashi malum
Unga ko'ra "Nasaf" klubi 25 avgust kuni Turkmanistonning "Ahal" klubini Qarshida mag'lub etsa, Inter zonal yarim finaliga chiqadi va bu bahs ham Qarshida o'tadi.
Bu bosqichda "ajdarlar"ga Janubiy mintaqa, yani "D" guruhi g'olibi raqib bo'ladi. Bu guruhda qaysi jamoalar borligi quyida yozilgan.
"Nasaf" bu bosqichda ham zafar quchsa, Inter zonal finaliga chiqadi va yana o'z maydonida o'ynaydi. Raqib Gonkongning "Li Man" klubi bo'ladi.
Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bu o'yinda ham g'olib bo'lishsa, OFK kubogi finaliga chiqishadi. Finalga G'arb mintaqasidagi to'rtta klubdan biri chiqadi.
G'ARBIY MINTAQA
20 sentyabr
"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Al Ahad" (Livan)
21 sentyabr
"Al Kuvayt" (Kuvayt) - "Al Salt" (Iordaniya)
MARKAZIY MINTAQA
25 avgust
"Nasaf" (O'zbekiston) - "Ahal" (Turkmaniston)
JANUBIY MINTAQA
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Bashundxara Kings" (Bangladesh)
"Maziya" (Maldiv orollari)
"Bengaluru" (Hindiston) yoki "Igls" (Maldiv orollari)
------
G'ARBIY MINTAQA FINALI
"Al Muharraq" - "Al Ahad" g'olibi - "Al Kuvayt" - "Al Salt" g'olibi
INTER ZONAL YARIM FINAL
"Nasaf" - "Ahal" g'olibi - Janubiy mintaqa guruh bosqichi g'olibi
INTER ZONAL FINAL
Inter zonal yarim final g'olibi - "Li Man" (Gongkong)
OFK KUBOGI-2021 FINALI
G'arbiy mintaqa finali g'olibi - Inter zonal final g'olibi
Fikrlar