OFK ertangi o'yinimizni boshqaradigan hakamni taqdirladi
12 jan 2016 18:18
Yangiliklar
OFK ertangi o'yinimizni boshqaradigan hakamni taqdirladi
Ulardan biri - ertaga bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya - O'zbekiston bahsini boshqarib boradigan saudiyalik Fahad Al Mirdasi.
Taqdirlashdan maqsad, bu hakamlar Yangi Zelandiyada o'tkazilgan U-20 jahon chempionatida o'yinlarni yaxshi boshqarishdi. Bu esa OFKning etiboridan chetda qolmadi. Ayniqsa, ushbu hakamlarning jahon chempionati finalini boshqarishgani OFK rahbarlari etirofiga sazovor bo'ldi. Esingizda bo'lsa, final uchrashuvida Serbiya Braziliyani 2:1 hisobida engib, jahon chempioni bo'lgandi.
30 yoshli Fahad Al Mirdasi Osiyo Kubogining final o'yinida zaxira hakami vazifasini bajargan, qolaversa o'sha musobaqada Ummon - Quvayt va Iordaniya - Iroq bahslarini boshqargan. Bundan tashqari, o'tgan yilgi Osiyo chempionlar ligasining beshta o'yinida ishlagan. OFK prezidenti SHayx Salmon saudiyalik hakamga "Jahon saviyasidagi yosh hakamlarimizdan biri" degan tarifni berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar