OFK Chempionlar ligasida mukofot pullari oshirildi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017, 13:35
Kuala-Lumpurda bo'lib o'tgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasining yig'ilishida Chempionlar ligasining yangi mavsumida mukofot pullari oshirildi.

Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar bermoqda.

Endi OFK Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan klub bu yilgi kabi 3 mln. dollar emas, 4 mln. dollar mukofot puli oladi. OFK Kubogida zafar quchgan jamoa esa 2017 yildagidek 1 mln. dollar emas, 1,5 mln. dollarga boyiydi.

OFK bosh kotibi Dato Vindsor Jonning so'zlariga ko'ra, Chempionlar ligasining har bir bosqichida mukofot pullari oshirilgan.

Sayt bergan ma'lumotlarga ko'ra, OFK mukofot pullari borasida faqat Yevropadan orqada. OFK Chempionlar ligasi g'olibi endi avvalgi mavsumdan 1 mln. dollar ko'p olsa, finalchining mukofotiga 500 ming dollar qo'shiladi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoa 2 mln. dollarga ega bo'ladi.

OFK Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi mukofot pullari:

Bosqich2018 mavsum2017 mavsum
1/8 final
100 ming dollar
80 ming dollar
1/4 final
150 ming dollar
120 ming dollar
1/2 final
250 ming dollar
200 ming dollar
FinalG'olib: 4 mln. dollar; finalchi: 2 mln. dollarG'olib: 3 mln. dollar; finalchi: 1,5 mln. dollar


OFK Kubogi g'olibining mukofot pullari 1,5 mln. dollarga, finalchiniki esa 750 ming dollarga etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia