So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  5 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

OFK 60 yoshda. Osiyo yulduzlari - Ali Karimi Yangiliklar

OFK 60 yoshda. Osiyo yulduzlari - Ali Karimi

1954 yil tashkil topgan OFK tashkiloti bu yil o'zining 60 yoshli to'yini nishonlaydi.
SHu munosabat bilan OFK rasmiy sayti qita futboli rivojiga o'z hissasini qo'shgan mashhur kishilar haqida turfa maqolalar chop etishni yo'lga qo'ydi. Bundan tashqari, yubiley munosabati bilan shu yilning noyabr oyida OFK katta tadbir o'tkazmoqchi va bir nechta yulduzlarni taqdirlash niyatida. Quyida Osiyo futboli ko'tarilishiga o'zining sezilarli darajada hissasini qo'shgan futbolchilardan biri Ali Karimi haqida hikoya qilinadi.

Eronlik Ali Karimining futbolchilik faoliyati ajoyib kechgan. U fors futbolidagi eng mashhur o'yinchilardan biri hisoblanadi. Karimi ham terma jamoa, ham klub miqyosida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Mutaxassislar uni Ali Dayi, Mehdi Mahdavikiya, Karim Bageri singari mashhurlar bilan bir qatorda tilga olishadi. Ali Karimi milliy terma jamoa safida 127 o'yinda ishtirok etib, 38ta gol urgan.

2004 yil bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida Eron uchinchi o'rinni egallagandi. O'sha musobaqada Ali Karimi o'z o'yini va gollari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor bo'lgan. 1998 yilgi Osiyo o'yinlaridagi chempionlikda ham Karimi o'zining munosib hissasini qo'shgan. Klub miqyosida esa “Piruzi” bilan ikki bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Qolaversa, “Al Ahli” safida ikki bor BAA Kubogida zafar quchgan.

Malum muddat Germaniyada faoliyat olib borgan eronlik yarim himoyachi “Bavariya” safida mamlakat chempioni va Kubok sohibi bo'ldi. O'shanda fors ishqibozlari unga “Osiyo Maradonasi” degan laqabni berishgan. Ali Karimini bemalol Osiyoning eng mashhur futbolchilari safiga qo'sha olamiz. U mashhurlik bobida Xidetoshi Nakata, Mark Viduka, Park Ji Sung kabi futbolchilar bilan bir qatorda tilga olinadi.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика