So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Oficiantdan futbolchiga aylangan Lorenco Yangiliklar

Oficiantdan futbolchiga aylangan Lorenco

Teglar :  Davide Lorenco
Davide Lorenco 2018 yil dekabrdan beri "Lester" tarkibida o'ynamoqda.

U futbolni tashlab, oficiant bo'lgan edi. Ammo bir kuni "Lester" egasini uchratib, hayoti butunlay o'zgarib ketdi. Lorenco Italiyaning Turin shahrida tavallud topgan va "Yuventus" maktabida tahsil olgan. Biroq 18 yoshida u erdan ketgan. Davide Malta, Belgiya va Norvegiyaning bir qancha ikkinchi darajali klublarida o'ynagan, lekin hech birida uzoq vaqt faoliyat yurita olmagan. SHundan so'ng, 2017 yil AQSH tomon yo'l olgan. Yarim himoyachi u erda AQSH to'rtinchi ligasida o'ynaydigan "Evro Nyu-York" bilan shartnoma imzoladi. Lorenco jamoada yarim yil davomida faoliyat yuritdi. Ammo sayyohlik viza muddati o'z nihoyasiga etganidan so'ng yana Evropaga qaytdi.

Lorenconing professional futbolchi bo'lish orzusi kundan-kunga so'nib borardi: u Nicca shahrida istiqomat qiladigan sevgilisining yoniga keldi va restoranga oficiant bo'lib ishga kirdi. Lekin kutilmaganda taqdir unga kulib boqdi. Bir kuni Lorenco ishlayligan restoranga tadbirkorlar keldi. Ular orasida Vichay SHrivaddanaprabxa — "Lester" boshlig'i ham bor edi (u o'tgan yili vertolet erga qulab tushgani oqibatida vafot etgan). Futbolchi Vichayni darhol tanidi va ular o'tirgan stolga xizmat ko'rsatish uchun bordi. Lorenco biznesmen bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldi: "Yuventus", Malta va AQSHdagi hayoti haqida so'zlab berdi. Vichay uning gaplarini tinglab, Tailand yoki Belgiyada o'ynashni istaysanmi", — deb so'radi tadbirkor. Lorenco esa darhol rozilik javobini berdi. Lekin avval ikkinchi tarkibda maydonga tushishi, murabbiylar uning o'yinini baholashi kerakligini takidladi.

Davide o'ylab ham o'tirmay ishdan bo'shadi va Angliyaga jo'nadi. Bir qancha vaqt mobaynida mashg'ulotlarda ishtirok etdi hamda ikkinchi tarkibda o'ynadi. Bu payt ichida "Lester"ning asosiy o'yinchilari bilan ham tanishishga ham ulgurdi. Lorenco o'z ustida ishlashi, kundan-kunga o'yini yaxshilanayotgani murabbiylarga yoqardi va ular qisqa muddatli shartnoma tuzish taklifini berishdi. Nihoyat, italyan 2018 yil dekabr kuni "Lester"ning rasman o'yinchisiga aylandi va ikkinchi Premer-liga U-23 jamoa tarkibida to'p tepa boshladi.

Yil so'ngida Klod Pyuel birinchi jamoa tarkibidan Lorencoga imkon berilishini malum qildi. Biroq bu hali ham amalda bajarilgani yo'q. Fevralda Pyuelni istefoga chiqarishdi — ana endi Brendan Rojers qo'l ostida Davidega imkon berilmasligining ehtimoli juda yuqori.

"Bu juda qiziq hikoya. U Vichayni restoranda uchratib, orzulari haqida so'zlab berdi va "Lester"ga borish imkonini qo'lga kiritdi. "Lester" egasi orzusi bor va unga erishish uchun har tomonlama harakat qilayotgan insondan yordamini ayamasdi", — deydi Pyuel. — "Lorenco U-23 jamoasi bilan shug'ullanadi. Endi buyog'iga birinchi jamoa tarkibiga qo'shila olish faqat uning qo'lida. Bunga hali vaqtli, chunki u shug'ullanayotganiga ko'p bo'lmadi. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi, albatta".

25 yoshli Lorenco "TuttoMercato"ga bergan intervyusida hali hammasi oldinda ekanini yana bir bor takidlab o'tdi: "Men orzularim birin-ketin ro'yobga chiqayotganidan juda ham xursandman. Bu erda ko'p narsani o'rgandim. Italiyaga qaytish uchun bir oy avval qon topshirdim. Aslida avvalroq S Seriyada bo'lsa ham o'ynash niyatim bor edi. Ammo o'zimga ishonchim qolmagandi. Endi esa o'zimda kuch topa olaman. Qo'limdan kelishiga ishonaman!", — deydi Lorenco.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика