O'FF Terma jamolar markazida murabbiylar hisobot topshirishdi
06 may 2014 16:29
Yangiliklar
O'FF Terma jamolar markazida murabbiylar hisobot topshirishdi
O'FF Terma jamoalar markazida murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev va O'FF texnik direktori Rustam Akramovlar ishtirok etishdi.
Kengashda terma jamoalar murabbiylar o'tgan oy amalga oshirilgan ishlar hisobotini topshirishdi va may oyi uchun ish rejalarini taqdim etishdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga may oyi so'ngida Ummon terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan ikki o'rtoqlik uchrashuvi uchun etarlicha tayergarlik ko'rish vazifasi yuklatildi.
O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan aprel oyi so'ngida Toshkentda o'tkazilgan yig'in haqida hisobot berdi. Eslatib o'tamiz, Sergey Lushan bosh murabbiyligidagi 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan yoshlardan iborat terma jamoa 20-30 aprel kunlari Toshkent shahrida yig'in o'tkazdi va yig'inning so'nggi kunida O'zbekiston Birinchiligi vakili – Nbu Osiyo klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushgan edi.
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev 22-26 aprel kunlari Dubay shahrida bo'lib o'tgan yig'in yakunlari to'g'risida hisobot topshirdi va terma jamoaning may oyi uchun ish rejalarini malum qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-16 o'smirlari, may oyi so'ngida Toshkentda navbatdagi yig'inga kirishadi va Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan ananaviy Kaspiy Kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketadi.

Fikrlar