So’nggi yangiliklar

23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  1 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  0 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  8 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1

O'FF Qatar bilan memorandum imzoladi Yangiliklar

O'FF Qatar bilan memorandum imzoladi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko'ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.

Qatarda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida tomonlar O'zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O'zbekiston va Qatar federaciyalari o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo'yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo'lga qo'yish kabi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va SHayx Hamad bin Halifa O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to'g'risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federaciyaning turli toifadagi jamoalariga o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o'quv kurslari, seminar va konferenciyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari, tomonlar sport inshootlarini qurish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash hamda ikki mamlakat terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo'yicha hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.


“Bu memorandum va kelishuvdan juda ko'p narsa kutyapman”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga. “CHunki, memorandum faqatgina futbol o'yinida ishtirok etadigan mutaxassislar bilan bog'liq emas. Bu kelishuv futbol boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadigan boshqaruv apparatiga ham bevosita taalluqlidir. Zero, ushbu memorandum O'zbekiston Futbol Federaciyasi xodimlariga menejment, marketing va reklama faoliyati, sport tibbiyoti, futbolda jismoniy tayyorgarlik va texnikaviy yo'nalishni aniqlab olish, talim va tadqiqotlar kabi sohalarda Qatarda o'qish va malaka oshirish imkoniyatini yaratib beradi. Bu esa bizga kadrlar bilan bog'liq masalalarni ijobiy hal qilish imkonini beradi”.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O'FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.




Fotosuratlar Qatar Futbol Uyushmasiga tegishli.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика