So’nggi yangiliklar

14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  1 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   20 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  4 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  58 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8

O'FF "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan memorandum imzoladi Yangiliklar

O'FF "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan memorandum imzoladi

Teglar :  O'FFMahalla
O'zbekiston futbol Federaciyasi "Mahalla" xayriya jamoat fondi bilan memorandum imzoladi.

O'zbekiston futbol federaciyasi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridagi voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo'yicha komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ular o'rtasida futbolni ommalashtirish hamda muxlislik madaniyati rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzoladi.

Memorandumga ko'ra, O'zbekiston futbol federaciyasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorlikda bolalar va o'smirlar futboli ommaviyligini taminlash maqsadida kam taminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul futbol guruhlari tashkil etish, havaskor futbolchilar o'rtasida o'tkaziladigan “Futbolimiz kelajagi”  va “CHarm to'p” turnirlarini tashkil etish va o'tkazish, ularda o'zini har tomonlama ko'rsata  olgan havaskor futbolchilarni professional jamoalarga tavsiya qilish, joylardagi mahalla bolalari o'rtasida  turli futbol festivallari, bayram tadbirlari tashkil etish, mahallalarda barpo etilgan futbol maydonlaridan maqsadli foydalanish ishlarini yo'lga qo'yish, ularni asosan bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalar uchun muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hamkorlikda o'tkaziladigan hududiy va respublika miqyosidagi futbol musobaqalarida g'oliblikka erishgan futbolchilar va ularning murabbiylari muntazam ravishda rag'batlantirilib boriladi.


Tez orada O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi hamda Oliy va o'rta-maxsus talim vazirliklari bilan ana shunday memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика