So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

O'FF Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi bilan memorandum imzoladi Yangiliklar

O'FF Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi bilan memorandum imzoladi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi Prezidenti CHun Mun Guning taklifiga ko'ra Seul shahriga xizmat safari uyushtirib, Janubiy Koreya futboli mutassaddilari bilan uchrashdi.

Seulda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Janubiy Koreya futbol Associyaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

SHuningdek, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Janubiy Koreya Futbol Associaciyalari o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish borasida ham kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va CHun Mun Gu O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Janubiy Koreya Futbol Associaciyasining hamkorlik to'g'risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federaciyaning turli toifadagi terma jamoalariga o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o'quv kurslari, seminar va konferenciyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo'yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.


Oldinroq O'FF BAA hamda Qatar futbol associaciyalari bilan memorandum imzolagandi.  

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика