O'FF huzuridagi Murabbiylar Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi
30 dek 2013 10:37
Yangiliklar

O'FF huzuridagi Murabbiylar Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, Paxtakor FKning birinchi vice-prezidenti Samvel Babayan va Lokomotiv FK bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov O'FF huzuridagi Murabbiylar kengashining azoligiga tasdiqlandi.
O'FFning Saylov-hisobot konferenciyasida yangi rahbariyatning yangi muddatga saylanishi munosabati bilan O'FF huzuridagi Murabbiylar Kengashining yangi tarkibi ham tasdiqlandi.
Kengash tarkibida yangi azolardan tashqari Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, markaz direktori o'rinbosari professor Rustam Akramov, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi direktori Farhod Magometov va Pravda Vostoka gazetasining muxbiri Temur Nizaev ham bor.
O'FF Huzuridagi Murabbiylar kengashining asosiy vazifasi terma jamoalarga dahldor masalalarni keng va ochiq davrada muhokama qilib, bu borada tegishli chora-tadbirlar belgilash va Ijroiya Qo'mita yoki Ijroiya Qo'mita Byurosiga Qaror qabul qilishi uchun tavsiyalar berishdan iboratdir.

Fikrlar