So’nggi yangiliklar

09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  1 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0

O'FA Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov 88 yoshida vafot etdi Yangiliklar

O'FA Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov 88 yoshida vafot etdi

Championat.asia sayti Narimon Jalolovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi.

Narimon Jalolov 13 yoshidayoq futbol o'ynashni boshlagan. O'sha kezlarda Jalolov Toshkentning “Spartak” jamoasi azosiga aylanib sport jamiyatlari o'rtasida o'tkazilgan birinchilikda g'olib chiqqan holda g'alabali va muvaffaqiyatli davrni boshlagan edi.

Toshkent shahri va viloyatdagi futbol taraqqiyotida ham Narimon Jalolovning hizmatlari beqiyosdir. Ayonan shu insonning say-harakatlari ostida CHirchiq, Oqqo'rg'on, Bekobod va Olmaliq shaharlarida stadionlar barpo etilgan. 37-yoshli Jalolov 1968-yilda o'zbek futbolining bayroqdori Toshkentning “Paxtakor” klubiga ham boshliq sifatida faoliyat yuritgan. O'shanda paxtakorchilar Sobiq Ittifoq Kubogining finaligacha etib borgan edi.

Narimon Jalolov 1992 yilda O'FF vice-prezidenti etib tayinlangan. So'nggi yillarda O'FA Faxriylar kengashi raisi sifatida ishlab kelmoqda. Narimon Jalolovich "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy", "SHuhrat" medali, O'FA ko'krak nishoni sohibi.

23 sentyabr kuni Narimon Jalolovich 89 yoshga to'lar edi...

Janoza bugun soat 15:00da Narimon Jalolovning uyida o'qiladi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика