So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

O'FAda Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FAda Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  O'FASuperliga
Bugun O'zbekiston futbol Associaciyasida Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. Yig'ilishda O'FA va PFL mutassaddilari va masul xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala 1 mart kuni boshlanadigan Superliga uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish, stadionlarda futbol bayrami muhitini yaratish, bu borada klublar oldiga qo'yilayotgan talablarning bajarilishi qay tartibda ketayotganini nazorat qilishdan iborat bo'ldi.

Jumladan, Superliga musobaqasi o'z nomiga yarasha bo'lishi uchun tashkiliy jihatdan barcha masalalar o'z vaqtida talabga javob beradigan tarzda bajarilishi kerakligi takidlandi.

Buning uchun stadionlardagi sharoitlar muxlislar uchun qulay bo'lishi, stadionga kirish, uchrashuvni tomosha qilish va stadiondan chiqishda ishqibozlar muammolarga duch kelmasligi kerakligi, o'yinlar boshlanishidan oldin turli koncert dasturlarini tashkil etish, muxlislarga sovg'alar ulashish, oilaviy sektorlarni barpo qilish, taom va ichimlik sotiladigan nuqtalar, klub atributikalari savdosini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

SHuningdek, hakamlik masalasiga ham alohida to'xtalib, joriy mavsumda Superliga uchrashuvlaridagi hakamlik yuqori saviyada bo'lishini taminlash uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonida katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani, o'z o'rnida klublar ham hakamlarga bo'lgan hurmatni saqlab, ular o'yinlarni yuqori saviyada boshqarishlari uchun barcha qulayliklarni taminlashlari, hakamlarga chetdan bosim o'tkazish, ularning ishiga aralashish kabi holatlarga yo'l qo'yilmasligi kerakligi takidlandi.

Bundan tashqari, stadiondagi muxlislik madaniyatini oshirish kerakligi, jo'r bo'lib hakam va raqib futbolchilarini so'kish, haqoratlash kabi salbiy holatlarning oldini olish zarurligi ham alohida qayd etib o'tildi.  

O'z o'rnida Superliga klublari bosh direktorlari ham uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish borasida olib borilayotgan ishlar bo'yicha hisobot berdilar va tegishli masalalar bo'yicha ko'rsatmalar oldilar.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика