So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  4 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  30 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

O'FAda hududiy associaciya rahbarlari o'rtasida o'smirlar musobaqalari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FAda hududiy associaciya rahbarlari o'rtasida o'smirlar musobaqalari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  O'FA
Kecha O'zbekiston futbol associaciyasining majlislar zalida bo'lib o'tgan tadbirni, O'FAning bolalar va o'smirlar bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimov va Zikriyoev Rahmiddin olib bordilar.

Tadbirda 14ta hududda faoliyat olib borayotgan 1-Vice prezidentlar va har bir viloyatning oliy mahorat futbol maktablarining direktorlari ishtirok etdilar. Kun tartibida, bo'lib o'tgan sport maktablari ligasi va yaqinlashayotgan oliy mahorat maktablari o'rtasidagi musobaqaning final bosqichi hamda viloyat terma jamoalari o'rtasidagi Respublika chempionati haqida gap bordi.

"O'zbekiston MTJ ko'rsatgan o'yin, bizga berilgan baho bo'ldi. To'g'ri, biz so'nggi 2 yilda amalga oshirgan ishlarimizning samarasini 5-6 yildan keyin ko'ramiz. Lekin bari-bir har birimiz bu natijaga aybdorlik hissini tuyishimiz kerak. Biz keyingi faoliyatimizni ham shunday davom ettiradigan bo'lsak, JCH orzu bo'lib qolaveradi. Hukumat rahbarining so'nggi qarorlaridan unumli foydalana ola bilishimiz kerak. O'FA rahbariyati imkon qadar barcha muammolaringizni echib berish ustida ish olib boryapti. Bundan foydalanib qolish kerak", - dedi Rahmiddin Egamovich.


Yaqinda yakuniga etgan sport maktablari o'rtasidagi Respublika musobaqasi so'nggi yillar ichidagi eng yaxshisi bo'ldi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozondi. Avvallari mezbon jamoa qanday yo'l bilan bo'lmasin g'oliblikni qo'lga kiritar edi. 2019 yil mana shunday holat Samarqandda kuzatildi va rahbariyat jamoani jazoladi. 2021 yilga kelib bu ishlar ancha toza va halol o'tdi. Mezbon degan tushuncha o'z kuchini yo'qotdi. Endi mezbonlar g'alaba qozoni uchun tom manoda kuchli bo'lishi talab etiladi. SHunga qaramay kamchiliklar yo'q emas. Bu borada Mamur Saidqosimov gapirib o'tdi.

- Respublika bosqichini O'FA vakillari bilan hamkorlikda tashkil qilgan hududlarga rahmat aytaman. Lekin ishlashdan to'xtamasligimiz kerak. Ko'p viloyatlar dastlabki bosqichni o'tkazmadilar. Nomiga jamoa yuborib qo'yish bilan ish bitmaydi. Katta-katta viloyat rahbarisizlar, murabbiylarni nazorat qiling, selekciya ishlarini olib boring. Nima uchun nomiga o'tkazib qo'yasizlar saralash bosqichini. Bunda qanday qilib istedod egasini aniqlaymiz? BO'SMlar chempionati yaxshi o'tgani bilan, u erdagi futbolchilarning sifati qoniqarli emas.

Undan tashqari har bir viloyat akademiyalari bo'yicha to'xtalar ekan, mutaxassis shunday deydi:
- Direktor va uning o'rinbosarlari yaxshi oylik olishni bilasizlar, nima uchun futbolchi qanday o'syapti, nima istemol qilmoqda, buni ketidan yugurmaysizlar. Ayrim viloyat akademiyalarida ovqat bilan mummo mavjud. Bunday bo'lishi kerak emas, masuliyatni his qilaylik.

Yig'ilish yakunida navbat takliflarga berildi. Takliflardan eng muhimi, 5887-farmoni asosida har bir hududda yaratilishi kerak bo'lgan markazlar bo'yicha hech qanday ish qilinmaganligi va hukumatning hokimiyat ko'magida shu mavzuni ko'tarish kerakligi haqidagisi bo'ldi. 14ta hududdan faqatgina Farg'ona viloyat FAda markaz mavjud bo'lib, qolgan 13ta hududning mashg'ulot bazasi mavjud emas.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика