O'FA vakili Falastin – O'zbekiston uchrashuvi o'tkaziladigan stadion bilan tanishdi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2019, 16:18
5 sentyabr kuni Osiyo qitasida Jahon chempionati saralash bahslari o'yinlari o'tkaziladi.

“D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda mehmonda Falastinga qarshi maydonga tushadi. O'yin Ramalla shahridagi “Faisal Al-Husseini” stadionida bizning vaqt bilan 19:00da start oladi.

O'zbekiston delegaciyasi yo'l olishidan avval Falastinga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakili sharoitlar bilan tanishish uchun yetib keldi va ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

Stadion halqaro standartlarga javob beruvchi sun'iy qoplamali chimga ega. Uchrashuvlar vaqtida ushbu stadion 10 000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi va Falastin futbol federatsiyasi binosi ham aynan shu kompleks xududida joylashgan.



Terma jamoamiz joylashadigan “Millenium” mehmonxonasidan stadiongacha bo'lgan masofani bosib o'tish uchun tahminan 20 daqiqa vaqt sarflanadi. O'FA vakilining ma'lumot berishicha, terma jamoamiz ishtirokidagi o'yin, rasmiy tadbirlar o'tadigan stadion va yashash sharoitlari qoniqarli darajada.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia