O'FA rahbariyati UEFA konsultanti Rojer Meyxri bilan uchrashdi
29 okt 2020 16:14
Yangiliklar


O'FA rahbariyati UEFA konsultanti Rojer Meyxri bilan uchrashdi
Xabaringiz bor O'zbekiston futbol associaciyasi UEFA bilan o'zaro tajriba almashish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'ygan.
Mana shu hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida UEFA vakili O'zbekistondagi hududiy futbol associaciyalarining har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha o'rganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktor lavozimiga nomzodlarga qo'yiladigan talab va tavsiyalar bo'yicha malumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.
Bugun kunning birinchi yarmida Rojer Meyxri O'zbekiston futbol associaciyasida bo'ldi. O'FA rahbariyati bilan uchrashuvda O'zbekistonda UEFA bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar