So’nggi yangiliklar

01:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  133 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3

O'FA rahbariyati mundial safari oldidan O'zbekiston futzal terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati mundial safari oldidan O'zbekiston futzal terma jamoasi bilan uchrashdi

Malumki, O'zbekiston futzal terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan 2021 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Futzalchilarimiz ertaga Toshkentdagi mashg'ulotlarni yakunlab, Madrid va Portu shaharlarida o'tadigan xorijiy yig'inga jo'nab ketadi.

Yig'inlar davomida vakillarimiz Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning etakchi terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. SHundan so'ng jahon chempionatida qatnashish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga etib boradi.

Bugun O'FA rahbariyati mundial safari oldidan O'zbekiston futzal terma jamoasi murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan uchrashdi. Tadbirda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'FA Ijroiya qo'mitasi azosi Jahongir Usmonov, Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqov ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov O'FA prezidenti Abdusalom Azizov va futbol jamoatchiligi nomidan futzal terma jamoamizga masuliyatli musobaqada omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida tinimsiz qilingan mehnatlar o'z natijasini ko'ratishiga va delegaciyamiz yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishiga ishonch bildirdi.

O'z navbatida, bosh murabbiy Bahodir Ahmedov so'zga chiqib, mundial tayyorgarligi yo'lida bir qator etakchi terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari va xorijiy mamlakatlarda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etib bergan O'FA rahbariyati va masul mutaxassislarga jamoa nomidan minnatdorchilik izhor etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика