"Sport principlari xavf ostida". O'FA prezidentiga ochiq xat
26 dek 2022 11:30
Yangiliklar
"Sport principlari xavf ostida". O'FA prezidentiga ochiq xat
O'sha kuni Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Abdusalom Azizov O'zbekiston Futbol Associaciyasi prezidenti sifatiga ishga kirishdi. SHu kundan etiboran bizni yillar davomida qiynab kelgan muammolar ochiqchasiga tan olindi va korrupciyaga qarshi rostmana "jang" boshlandi.
Abdusalom Abdumavlonovichning O'FA prezidenti sifatida so'zlagan ilk nutqida totalizator va kelishilgan o'yinlarni yo'qotish birinchi darajali vazifa ekani malum qilingan edi. Ortda qolgan 3,5 yil ichida 30dan ortiq korrupcion holat aniqlanib, tegishli tartibda chora ko'rildi.
SHu sabab 2022 yil yakunida O'zbekiston chempionatidagi shubhali o'yinlar soni atigi uchtani tashkil qildi. "SportRADAR" malumotiga ko'ra, bunday bahslar birgina 2018 yilning o'zida 40dan oshiq bo'lgan. Oradagi tafovut oxirgi yillarda qilingan mehnat ko'lamini anglash uchun kifoya qiladi.
Ammo oxirgi kongressdan keyin esayotgan "shamollar" kishini xavotirga qo'ydi. Rahbariyatning ijroqo'm azolari va professional klublar vakillari ishtirokida o'tkazgan yig'ilishida ko'tarilgan masalalar ortiq hech kimga sir emas. Ular orasida sport principlariga zid, puxta o'ylanmagan rejalar borligi uchun ham mazkur xatni yozishga qaror qildik.
"Olimpik"ning imtiyozlari
a) Ushbu loyiha har qancha yoqimli bo'lmasin, tasis hujjatlariga zid ravishda yaratilganini unutmaslik kerak. "Olimpik" O'zbekiston olimpiya terma jamoasining negizi sifatida tashkil qilingan bo'lsa ham, amaldagi ustav bo'yicha O'FAning teng huquqli azosi hisoblanadi. Unga transfer bozorida qo'shimcha imtiyozlar taqdim qilish O'FA ustavi 1-moddasining 7-bandiga zid bo'lib, azolarning teng huquqlilik principini buzadi.
b) Jasur Jaloliddinovni "Olimpik" jamoasiga o'tkazilishi qanchalik ezgu niyat bilan so'ralmasin, O'FA amaldagi ustavi 20-moddasining 1-bandiga zid hisoblanadi. Bu erda associaciya o'z azosining mustaqil ravishda ishlashiga asossiz ravishda tasir ko'rsatmoqda.
s) Boshqa klublardan "olimpiyachilar" safida to'p tepadigan o'yinchilarni transfer qilmaslikni so'rash esa "Futbolchilarning maqomi va transferi" to'g'risidagi reglamentga ziddir.
Bu jamoaga reglamentga siz ravishda beriladigan istalgan imtiyoz O'zbekiston chempionatida oxirgi yillarda shakllantirilgan sog'lom raqobat muhitiga salbiy tasir qiladi.
Oldingi davrlarda ham sport principlarini aylanib o'tadigan turli qarorlar qabul qilingan: "Nurafshon"ning Oliy ligadan diskvalifikaciya qilinishi, muxlislar yozgan xat asosida klublarning Oliy Ligada olib qolinishi, "Mashal"ning Superligadan quvilishiyu "Surxon"ning elitada paydo bo'lib qolishi. Bugun ularning barchasi yomon xotira bilan eslanishi bizga jiddiy xulosa berishi kerak.
Taklif: "Olimpik" rahbariyati hamda jamoa murabbiylar shtabining bu masalaga qarashi o'zgarishi kerak.
Yodingizda bo'lsa, klubning tashkil qilinish sababi sifatida O'zbekiston U-23 terma jamoasiga nomzod futbolchilar ro'yxatini kengaytirish ko'rsatilgan edi. Timur Kapadzega qoyil! 2 yil ichida ajoyib jamoa shakllantirdi. SHu o'rinda bitta narsani tan olish kerak: Kapadzening xizmatlari tufayli allaqachon klub darajasidan o'zib ketganlar bor. Masalan, Muhammadqodir Hamralievni olaylik. U anchadan beri Superliga grandlari nishonida bo'lib turibdi. Hatto Mirjalol Qosimov himoyachi AGMK safiga o'tadigan bo'lsa, unga o'yin amaliyotini kafolatlashga ham tayyor. SHu o'rinda savol tug'iladi: Hamraliev xalqaro musobaqada qatnashadigan klubga o'tib, Osiyo CHempionlar Ligasida tajriba orttirsa, olimpiya terma jamoamiz uchun yaxshi emasmi? Uni majburiy ravishda "Olimpik" tarkibida olib qolishdan nima naf? Yangi Muhammadqodirlarni kashf qilishga urinish mantiqliroq emasmi?
"Lokomotiv" masalasi
2 kundan beri butun futbol jamoatchiligi shu mavzuni muhokama qilyapti. Tashqi tomondan qaralsa, "temiryo'lchilar"ni Urganchga ko'chirish yaxshi g'oyaga o'xshab ko'rinadi. Lekin tanganing ters tomonini ham unutmaslik kerak.
Birinchidan, bu qaror Pro ligaga kuchli zarba beradi. Boisi shundaki, "Loko" Xorazmga ko'chadigan bo'lsa, viloyatning asta-sekin kuchayayotgan bosh jamoasi yo'q bo'lib ketadi. Bu pastki divizion vakillari yana bittaga kamayishini bildiradi.
Ikkinchidan, bolalar futboliga etiborni kuchaytirgan "Lokomotiv" rahbariyati poytaxtda o'ziga xos tizim shakllantirgan edi. Ayni paytda 1500 nafardan ortiq bola aynan "temiryo'lchilar" maktabida futbol sir-asrorlarini o'rganmoqda. Klubning shahardan chiqarib yuborilishi ana shu bolakaylarning kelajagiga ham tasir qiladi.
Uchinchidan, har ikki klub tizimida faoliyat yuritayotgan yuzlab xodimlar ishsiz qoladi.
To'rtinchidan, Toshkent klubini ko'chirish orqali xorazmlik muxlislar baxtli bo'lishiga ishonish qiyin. "Loko" mahalliy aholi uchun har doim "kelgindi" bo'lib qolaveradi (bu xalqaro tajribada sinalgan). Viloyatda futbolni rivojlantirishning tabiiy yo'lini tanlab, xorazmliklarning suyukli jamoasiga yaxshi homiy topib bergan maqul bo'lsa kerak.
Beshinchidan, "Lokomotiv" tarixi, uning yutuqlarini ham unutmaslik kerak. "Temiryo'lchilar" O'zbekistondagi eng sovrindor klublardan biri hisoblanadi. Oxirgi 10 yilga qaraydigan bo'lsak, faqatgina "Paxtakor" bu jamoadan ko'proq yutuqqa erishgan.
Oltinchi va eng muhim omil esa mazkur qaror sport principlari, huquqiy normalariga mutlaqo zid. Vaziyatga hukumat aralashuvi haqida ham aytilyapti. Bu FIFA tomonidan jiddiy sankciyalar qo'llanishiga olib kelishi aniq.
Amaldagi ustavga ko'ra, "Lokomotiv"ni O'FA azoligiga qabul qilish uchun klubning tashkiliy-huquqiy shaklini har qanday tashqi subektdan mustaqil ravishda hal qilishi to'g'risida kafolat olingan. Endi associaciya o'z qoidasini o'zi rad qilishi mumkin.
Taklif: Agar jamoani boshqa shaharga ko'chirish oson bo'lsa, bu borada "Surxon"ga amaliy yordam berishingizni so'raymiz. Klub Superligaga chiqqan kunidan beri poytaxtda istiqomat qiladi. Anchadan beri uy uchrashuvlarini Samarqand, Toshkent va Olmaliq shaharlarida o'tkazib kelmoqda. Ushbu jamoaning o'z uyiga qaytarilishi mantiqliroq bo'lib, surxondaryolik minglab muxlislarni xursand qilar edi.
So'zimiz oxirida yana bir bor 2019 yilning 15 iyulini eslatmoqchimiz. O'sha kuni Abdusalom Abdumavlonovich Azizovning O'FA prezidenti sifatida so'zlangan ilk nutqlarida shunday jumla bor edi: "Yangi Ijroqo'm doim sport principlariga asosan ishlaydi".
Umid qilamizki, har doim shunday bo'lib qoladi...
Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI
Fikrlar