So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  9 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov FIFA, OFK va Markaziy Osiyo mintaqasidagi associaciyalar prezidentlari bilan onlayn muloqot o'tkazdi Yangiliklar

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov FIFA, OFK va Markaziy Osiyo mintaqasidagi associaciyalar prezidentlari bilan onlayn muloqot o'tkazdi

Butun dunyoda pandemiya hukm surayotganiga qaramay, futbol uchrashuvlarini muntazam o'tkazib borilishini taminlash uchun xalqaro futbol uyushmalari va azo associaciyalar bir qator say-harakatlarni amalga oshirmoqda.

SHu maqsadda, FIFA prezidenti Janni Infantino OFK prezidenti SHayx Salmon bilan birgalikda CAFA tarkibiga kiruvchi futbol associaciyalari rahbarlari bilan uchrashgan holda, mintaqadagi vaziyat bilan yaqindan tanishib, kelajakdagi rejalar bo'yicha fikr almashishdi.

Hususan, Janni Infantino tomonidan bu boradagi ishlarni amalga oshirishda FIFA tajribasi tanishtirildi. OFK prezidenti SHayx Salmon esa Osiyoda hukm surayotgan vaziyat bo'yicha hisobot berdi.

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov onlayn konferenciya ishtirokchilariga quyidagi nutq bilan murojaat qildi:

"Hurmatli hamkasblar, dastlab shuni alohida takidlab o'tmoqchimanki, O'zbekiston FIFA prezidenti janob Janni Infantinoni hozirgi murakkab vaziyatda to'liq qo'llab-quvvatlaydi hamda ishonch bildiradi. Barcha qiyinchiliklar tez fursatda o'z echimini topishi va FIFA o'zining yuksak mavqeini tasdiqlashiga ishonchim komil.



Epidemiologik vaziyat jiddiyligiga qaramay, karantinning dastlabki kunlaridan boshlab, O'FA onlayn rejimida ish olib bormoqda. Avvaldan rejalashtirilgan qisqa va uzoq muddatli rejalar bo'yicha tegishli vazifalar bajarilmoqda.

May oyida O'zbekistonda epidemiologik vaziyat bir muncha yaxshilanganidan so'ng, O'FA va PFL karantin va gigiena qoidalariga qatiy rioya qilgan holda, professional ligalar uchrashuvlarini tomoshabinlarsiz davom ettirish uchun COVID-19 maxsus tibbiy protokolini ishlab chiqdi. O'zbekiston Superligasiga 13 iyun kuni qayta start berildi va musobaqa 20 iyulgacha davom etdi.

O'zbekiston chempionatini qayta tiklash joriy yilning 14 avgustidan rejalashtirilgan va liganing 1-bosqich o'yinlari markazlashtirilgan formatda o'tkaziladi.

SHuningdek, O'FA pandemiya paytida terma jamoalar uchun karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etmoqda.

SHuni alohida takidlashni istardimki, bugun O'zbekiston futbol associaciyasi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ushbu tadbir O'zbekistonda birinchi marta uchta shaharda, 2020 yilning 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Bu pandemiya davrida dunyodagi birinchi markazlashtirilgan xalqaro futbol musobaqasi bo'ladi.



Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi hukumati terma jamoalar uchun birinchi Futbol markazini qurish uchun 12 gektar maydon ajratdi. Ushbu loyiha FIFA va OFK vakillari bilan muhokama qilinganidek, O'zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun katta imkoniyatlarini yaratadi.

Ushbu markaz 160 o'rinli mehmonxona kompleksi, 7 ta standart futbol maydoni, reabilitaciya va ilmiy-uslubiy markaz va boshqa zarur sharoitlarni o'z ichiga oladi."

Nutq so'nggida O'FA rahbari FIFA va OFK prezidentlarini O'zbekistonda o'tadigan U19 Osiyo chempionatiga taklif etdi va ularning tashrifi butun mamlakat futbol jamoatchiligi hamda futbol ishqibozlarini xursand etishini alohida takidladi.

Muloqot do'stona va samimiy ruhda o'tdi.

SHuningdek konferenciyada Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston hamda Afg'oniston futbol associaciyalari rahbarlari o'tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar bo'yicha malumot berishdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика