So’nggi yangiliklar

21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  5 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  9 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  3 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  10 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  162 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  2 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  31 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41

O'FA & PFL yoxud ko'pchilikda savol uyg'otayotgan reglamentdagi band haqida Yangiliklar

O'FA & PFL yoxud ko'pchilikda savol uyg'otayotgan reglamentdagi band haqida

PFLning yangi mavsum uchun chiqargan reglamentidagi bazi bandlar ko'pchilikda savollar tug'dirmoqda.

Keling shu haqida fikr-mulohaza qilib ko'ramiz.

Hammasi 25 yanvar kuni PFL rasmiy saytida elon qilingan mazkur xabardan so'ng boshlandi.

PFL rasmiy saytida chiqqan xabarda shunday yoziladi: "O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga Lyubinko Drulovich murabbiy etib tayinlangach, PFL vakillari mazkur mutaxassis bilan uchrashish taklifini bildirgandi. Uchrashuv bugun — 25 yanvar kuni bo'lib o'tdi".

Xabarda aytilishicha, PFL vakillarining o'zlari Drulovich bilan uchrashishni istab qolishgan va yakunda bir stol atrofida jamlanishgan.

"Uchrashuvdan maqsad Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifa qilib qo'yilgan murabbiyning 2019 yilgi mavsum uchun tuzib chiqilayotgan reglament yuzasidan munosabatini bilish edi. Boisi, bungacha O'FA rahbariyati 1997 va undan keyin tavallud topgan futbolchining Superliga klublarida 90 daqiqa to'p surishi masalasini ilgari surayotgan bo'lsa, PFL bu taklifga qarshi ovoz bilan chiqayotgandi" - deyiladi xabarda.

O'FAning terma jamoalar bo'limiga ko'ra, bu holat olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishida muhim rol o'ynaydi. PFL esa bu holat futbolchilarning o'z ustida ishlashidan to'xtashi mumkinligi, ehtimoliy jarohat olgan futbolchining o'rniga kim tushishi masalasini murakkablashtirishi kabi masalalarni ko'tarayotgandi.

Yasha, PFL! Ha, mazkur holat bo'yicha PFL tomonidan yangragan bu jumla mutlaqo to'g'ri! Qo'shilaman!



Xabarda OTJga bosh murabbiy etib tayinlangan Lyubinko Drulovich ham fikr bildirganini PFL rasmiy sayti chop etadi:

“Serbiya bu bosqichdan allaqachon o'tib ketdi va natijalar yomon bo'lmadi. Ayni vaqtda Serbiya klublari hech qanday cheklovlarsiz ham 17, 18 yoshli futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qiladi. CHunki 25 yoshga to'lgan futbolchini yaxshiroq narxga sotish keragidan ko'p qiyinlashadi. Yoshroq futbolchilarga esa Evropada ham, boshqa joylarda ham talab nisbatan yuqoriroq. Sababi ularda yashirin potencial bo'lishi katta ehtimol. Serb klublari transfer oynasidagi mablag'lar hisobidan o'z holatini yaxshilashidan kelib chiqilsa, hozir ularga cheklovlar qo'yish shart emas”.

Murabbiyning gaplari boshqacharoq. Yani, Drulovich reglamentda aynan 1997 yil yoki undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilarga asosiy tarkibda o'ynash kafolatini berish kerak degan fikrni ochiqchasiga ilgari surayotgan joyiga ko'zim tushmadi. SHunchaki O'FAning xohishiga ko'ra mazkur masalaga o'z fikrini bildirgani ko'rinib turibdi. Serbiyada bu cheklovlar hozir yo'qligi va buni tabiiy yo'l bilan qilishayotganini chiroyli tushuntirgan ko'rinadi. Yani, PFLning yangi mavsum uchun reglamentida paydo bo'lgan 1997 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart", degan bandni qanday oqlash yoki qo'llash mumkinligini faqat O'FAda ishlayotgan mutaxassislar bilishadi. Qolgan haqiqiy futbol mutaxassislari bunday suniy ravishda qilinayotgan ishlarni oqlab turgan joyini ko'rmadim.

Tokio-2020 yo'llanmasi uchun kurashadigan OTJga ko'plab nomzodlar paydo bo'lmayotgani va bu borada tanlov ancha kamligini O'FAni tashvishlantirayotgani tushunarli. Lekin nega bu yo'lda Superligada yuqori maqsad va vazifalarni bajarish uchun o'ynaydigan O'zbekistondagi professional klublar aziyat chekishi yoki shundan kelib chiqqan holda yo'l tutishi kerak?

MTJ va OTJning o'yinlari hamda natijalariga bevosita O'FA javobgar. PFL esa chempionatimizdagi ligalarni yuqori saviyada o'tishini taminlovchi tashkilot. Kerak bo'lsa klublar manfaati va ularni himoya qiladigan asosiy tayanch - PFL.

PFL rasmiy saytida dangal va aniq ko'rsatilganidek, reglamentdagi mazkur mantiqsiz va suniy bandga PFL qarshi. Ammo tashkilot yakunda O'FAning xohishiga yutqazganini ochiqchasiga tan olgan.

Bir narsani tushunish kerak, qachonki tashkilot O'FA yoki terma jamoalar bo'limdagilarning xohish yoki istagidan kelib chiqib ish tutadigan bo'lsa, unda futbolimiz rivojlanishi sekinlashib boraveradi.

Butun bir musobaqada reglamenti Tokio-2020ga kelib chiqib o'zgaraveradigan bo'lsa yoki har bir keladigan xorijlik murabbiy futbol konstitutciyasi sanalgan reglamentga burun suqadigan bo'lsa, unda keyinchalik nima bo'ladi?

Qaerda murabbiy yoki futbolchi musobaqa reglamentini o'zgartiradigan oladigan tasirga ega? Reglamentni o'z mutaxassislari tuzadi. Murabbiy qo'l ostidagi jamoani tayyorlaydi, futbolchi maydonda murabbiy ko'rsatmasiga binoan o'ynaydi.

Yoki Drulovich ishiga PFL vakillari aralashib, asosiy tarkibni aniqlaydigan tasirga egami? Aslo yo'q. Bizda qachonki hamma o'z ishini bajarsa, shundagina oldinga siljiymiz. Hamma o'z ishini qilgani maqul.

Keling, reglamentdagi mazkur bandga O'FA tarafdan qarab ko'ramiz. Balki biz ular ko'rayotgan muvaffaqiyatli o'zgarishni ko'ra olmayotgandirmiz?

PFLning yangi Superliga-2019 uchun chiqargan reglamentida shunday band kiritilgan:

• Superliga klublari o'yin qaydnomasiga 1997 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart. Mazkur futbolchi jarohat olgan holatda hali 45 daqiqa o'ynab ulgurmagan bo'lsa, uning o'rniga ikkinchi yosh futbolchi chiqarilishi lozim. Barcha yosh futbolchilar almashtirilgan bo'lsa, yosh futbolchini yoshi katta futbolchi bilan almashtirishga ruxsat beriladi;

O'yin qaydnomasiga kamida ikkita 1997 yilda yoki undan keyin tug'ilgan futbolchini kiritishni majburiy qilish normal holat. Bunga qarshilik yo'q. Ammo kimni o'ynatish yoki o'ynatmaslikni reglament yoki O'FAning xohishi emas, balki murabbiy hal etadi! Yosh futbolchiga minimum 45 daqiqa asosiy tarkibda futbol o'ynashni kafolatlash orqali O'FA OTJga qanday munosib futbolchilarni kutmoqda? SHuni bilish juda qiziq.

Yomon tarafi, istalgan jamoadagi mazkur yoshdagi futbolchilarda mashg'ulotlarda chinakamiga ter to'kish foizi keskin pasayadi. Bu shunchaki istakka bog'liq masala emas. O'z-o'zidan futbolchi chempionat uchrashuvida murabbiy unga minimum 45 daqiqalik imkoniyatni taqdim etishini biladi. Kamida qolgan o'sha yosh toifasidagi futbolchini poziciyasidagi boshqa o'yinchida (potencial MTJga nomzod bo'lishi mumkin) ham motivaciya yo'qoladi. Bu juda kalta o'ylangan o'zgarish orqali bitta nuqtadagi ikkita futbolchida motivaciyani "o'ldirib" qo'yilmoqda.



Tasavvur qiling, Abramov Jasur Jaloliddinovni boshlang'ich tarkibga kiritdi. Uchrashuvning 20-daqiqasida hujumchi jarohat oldi. Demak Abramov reglamentga ko'ra tushirgan yosh futbolchisi hali 45 daqiqa o'ynashga ulgurmadi. Natijada zaxiradan yana boshqa o'sha yosh toifasiga to'g'ri keladigan o'yinchini tushirishga majbur. Ammo "Bunyodkor" reglamentga ko'ra kamida ikkita 1997 yil va undan keyin tug'ilgan yosh futbolchini qaydnomaga kiritgan. Faqat zaxirada qolgan futbolchi poziciyasi bo'yicha himoyachi. Abramov shunda jarohat olgan hujumchisini o'rniga himoyachini tushiradimi? Nega murabbiy reglamentdagi tushunarsiz band tufayli taktik o'zgarishga qo'l urishi kerak? Yoki o'yindagi taktikani o'zgartirib yubormaslik uchun ikkitalab zaxira limitini qurbon qilishi kerakmi? Unda murabbiyning chegirmalariga putur etmaydimi? Nega murabbiy o'yin payti natija yoki uchrashuvga tanlagan strategiyasini emas, balki reglamentni o'ylashi lozim?

Nima bu? Yangicha o'zbek futbolimi? Tasavvur qiling, mazkur reglamentdagi yangi band tufayli murabbiy o'yinda yutqazdi va bu mag'lubiyat uning jamoadagi faoliyatiga tasir ko'rsatdi. Qani bu erda mantiq?

Yoki futbolchi qizil kartochka olsa va o'sha chetlatish 45 daqiqadan ancha avval ruy bersa murabbiy nima qiladi? O'yinni o'ylaydimi yoki reglamentdagi mazkur band tufayli o'zgartirishni shunga qarab aniqlaydimi?

Savollar juda ko'p. Javob yo'q. CHunki bunday mantiqsiz ishlar tufayli yuzaga keladigan savollarning javobi bo'lmaydi.

Agarda mazkur reglament o'z kuchida qoladigan bo'lsa, unda jamoalar asosan bir nuqtada o'ynaydigan 1997 yil va undan keyin tug'ilgan yosh futbolchilarni jalb etishiga to'g'ri keladi. CHunki kerak paytda o'zgartirishga to'g'ri kelsa, muammo sal bo'lsada bartaraf etilishi mumkin. Yani hujumkor vinger o'rniga yana o'sha nuqtada o'ynaydigan futbolchi tushadi. Aks holda murabbiylar butun mavsum chempionatni emas, o'yinlarda reglament majburiyatini bajarishni o'ylab qolishadi. Suniy ravishda esa butun mavsum davomida 12 jamoadan kamidan bittadan 1997 yil va undan keyin tug'ilgan yosh futbolchini kashf etamiz yoki ularga o'yin amaliyotini kafolatlaymiz.

Masalan mazkur reglamentni "Nasaf"ga hech qanday zarari yo'q. CHunki jamoa asosan yoshlardan tashkil topgan. Demoqchi bo'lganim, bu band Berdievni o'yin paytida umuman bezovta qilmaydi. CHunki "Nasaf" bu yo'lga tabiiy ravishda o'tgan va buni reglamentsiz ham bemalol uddalab kelmoqda. Drulovich aytgan Serbiyadagi holatni bizda ham bemalol "Mashal", "Bunyodkor", "Paxtakor" hamda "Nasaf"da ko'rganmiz va hozir ham ko'rib kelyapmiz.

PFLni mazkur holatdagi poziciyasi menga yoqdi. Lekin nega o'sha poziciyasini himoya etolmadi, ochig'i tushunarsiz. Professional tashkilot o'z poziciyasi va bag'ridagi klublar manfaatini ham himoya qilishni uddalay olishi kerak. O'FA esa OTJdagi mazkur muammoli vaziyatni o'tgan yili Qishda o'tgan yoshlar o'rtasidagi chempionat va yozda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari paytida chuqurroq o'ylashi kerak edi. Ayniqsa Osiyo o'yinlarida yo'l qo'ygan xatolarini Superliganing yangi mavsumidagi reglament orqali "yuvish"ni o'ylasa xato qiladi. Bundan naf chiqishiga O'FAdagi mutaxassislar boshqa futbol mutaxassisi ishonishiga ishonish qiyin. Uning uchun kamida futbolga yaqinda kirib kelgan bo'lishi kerak, chamamda. Xatoni xato orqali tuzatish esa eng katta xato.

Yaxshiyamki reglamentda mazkur band mavjud. Hech bo'lmasa shunisiga rahmat!

• O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga Superliga klublaridan uch va undan ko'proq futbolchi jalb etilsa, u holda klublar uchun 1997 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilarni qaydnomaga kiritish majburiy emas;

Sog'lom raqobat va haqiqiy kurash orqali boshlang'ich tarkibga loyiqligini isbotlashdan shirini yo'q. Mashg'ulotlarda qanchalik og'ir bo'lsa, o'yinda shuncha engil bo'ladi. Bu reglamentda esa vaziyat aksincha tus oladi. Yani, mashg'ulotlarda qanchalik engil bo'lsa, o'yinda shunchalik og'ir bo'lib qoladi. O'FAning bu qarori nafaqat OTJ, balki MTJ ziyoniga ham ishlashi mumkin.

O'FA OTJ haqida qayg'urayotganini barcha tushunadi. Lekin bu yo'l orqali masalaga echim topishni o'ylashdan ko'ra Pro-liga, yoshlar ligasiga ko'proq etibor qaratish orqali masalaga to'g'ri echim topish mumkin. Hech bir narsa o'z-o'zidan tezda yaxshilanib qolmaydi. Masalan, "Bunyodkor" ham endigina barpo etilganida dastlab poydevorini mustahkamlagani uchun keyin o'shani mevalarini tatib ko'rdi. Yoki "Mashal" ham oddiy misol. "Paxtakor" azaldan bu yo'lni to'g'ri belgilab olgan. "Nasaf"da ham o'z ishining ustalari ishlagan davrda poydevorini yaxshigina mustahkamlab olgandi. Hozirda esa nafaqat OTJ yoki MTJ, balki turli yoshdagi terma jamoalarimizning o'zagi aynan mazkur jamoalar tarbiyalanuvchilaridan iborat.

O'FAga tekin maslahat, suniy yo'l orqali vaqtinchalik xato muvaffaqiyatni ko'zlashdan ko'ra, terma jamoalar bo'limiga yo'nalish ko'rsatib turadigan HAQIQIY futbol mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashini tuzsin. SHundagina futbol ichidagi savollarni hal etishda mantiqsiz echimlarga o'rin qolmaydi. Tashkiliy ishlar boshqa, futbol umuman boshqa narsa.

Reglament - futbolning konstitutciyasi. Odatda reglamentni o'qiganda savollarga javob olish lozim. Reglamentdagi bazi bandlar esa savollarga javob olish o'rniga, qo'shimcha savollarni tug'dirmoqda. O'ylaymizki, PFL mazkur holat bo'yicha yanada pishiqroq ishlaydi va ortiqcha savollarga o'rin qoldirmaydi.

Oddiy misol, masalan hozirgina muhokama qilganimiz - "Superliga klublari o'yin qaydnomasiga 1997 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart. Mazkur futbolchi jarohat olgan holatda hali 45 daqiqa o'ynab ulgurmagan bo'lsa, uning o'rniga ikkinchi yosh futbolchi chiqarilishi lozim. Barcha yosh futbolchilar almashtirilgan bo'lsa, yosh futbolchini yoshi katta futbolchi bilan almashtirishga ruxsat beriladi"; degan bandni bajarmagan jamoaga qanday chora ko'rilishi haqida reglamentda tushuntirish berilmagan.

PFL yangi reglament bo'yicha klublardan taklif va tavsiyalarni so'ragan! Umid qilamiz, yakuniy qarorga kelishdan avval chuqurroq o'ylab, mantiqiy echimga kelishadi.

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика