So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  33 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

O'FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi. Abramov istefoga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi Yangiliklar

O'FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi. Abramov istefoga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Teglar :  O'FAO'FA Kongress
Milliy olimpiya qo'mitasida O'FA navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tdi.


YANGILASH



16:03. Yig'ilish yakuniga etdi.


16:01. "O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan shartnoma bekor qilinadi. CHunki shartnoma bo'yicha murabbiylar shtabi oldiga JCH keyingi bosqichiga olib chiqish vazifasi qo'yilgandi. SHunday ekan Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan shartnoma bugundan bekor qilindi. Yangi murabbiyni topish bir kunda bo'ladigan ish emas. Bir-bir yarim oy vaqtda yangi murabbiylar shtabini etiboringizga havola etamiz", - deydi Abdusalom Azizov. 


15:53. Tashkiliy masalalarda ham ko'p kamchilik bo'ldi. Terma jamoa Saudiya Arabistoniga borganida mehmonxona borasida muammo kuzatildi. Bular futbolchilarning kayfiyatiga tasir qiladi. Faqat intervyu berish emas, ishini o'z joyiga qo'yib qo'yishi kerak.

Bundan keyin O'FA har bir klubda murabbiy va mamuriy menejment alohida bo'lsin. Murabbiylar agent bo'lishi kerak emas, agar murabbiy agent bo'lsa bundan yomoni yo'q. FIFA kunlaridan terma jamoa unumli foydalanishi kerak. Kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lishi kerak. O'zimizdan kuchli bo'lgan jamoalar bilan o'ynashimiz shart. Germaniya bilan demayman, Iordaniya yoki Iroq emas, o'zimizdan yuqori terma jamoalar bilan o'ynash kerak, oxirgi daqiqada Tailand bilan o'ynaymiz deysizlar. Oxirgi ikki yilda nima so'rasanglar yo'q demadik. Besh kun qolganida raqib qidirish kerak emas, yil boshida kimlar bilan o'ynashimiz kerakligini bilishimiz kerak. Bolalar futboliga masul shaxslarda ham ayb bor. Tarixda bo'lmagan sharoitlar yaratib berildi. 


Superligadagi har bir klub akademiyaga ega bo'lishi shart! "Nasaf"da 15 yil oldin qilingan ish o'z mevasini bermoqda. Talablar bajarishga kelganida o'zbekchilik bo'ladi. Turli tuman bahonalar. Futbolga ajratilayotgan mablag'lar nafaqat asosiy jamoaga, balki akademiyalarga ham yo'naltirilishi kerak. Akademiyalar o'rtasida musobaqalar o'tkazilishi kerak. ", - deydi A.Azizov. 



15:52. Bugun bizda "Paxtakor" superklub, qolgan esa uning yarmi (s). Abdusalom Azizov


15:45. Biz futbolda ko'p narsani yo'qotdik. Ayrimlar buni biznes qilib yubordi. Bolalar futbolidan boshlandi. Talatlar emas kimnidir iltimosi bilan bolalar olinmoqda. Ijodiy yondoshuv yo'q. Futbolimizning eng katta kamchiligi bosh davlat murabbiylari bizning jamoani bir deganda o'rganib olmoqda. Qanday taktikada tushamiz, qaysi daqiqada kim tushadi, qaysi paytda jismoniy holatimiz etmay qoladi. Haydarov bekorga taktika haqida gapirmadi. Abramov davrida ham, undan oldin ham bunday muammo bor edi. Murabbiylarimizni xorij jamoalariga yuborishimiz kerak. Kamida bir oy o'sha erda tajriba olishsin. 

Qaysi murabbiy terma jamoaga ko'proq futbolchi etishtirib beradi? SHu narsalarni unutib qo'ydik. Futbolda holislik va hallolikni talab qilamiz. Mana kecha "Paxtakor" klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz", - deydi Abdusalom Azizov. 


15:40. "Terma jamoadagi faoliyatimni yakunladim", - dedi Odil Ahmedov.


15:39. "Futbolni aldab bo'lmaydi. Agar biz bugun o'zgarmasak har safar shunday turib kechirim so'raymiz. Futbolchi bo'ladimi, murabbiy bo'ladimi yoki futbol ichida ishlaydigan odam bo'ladimi futbolni birinchi o'ringa qo'ymasa natija bo'lmaydi. Asosiy katta muammolarimizdan biri bolalar futbolini to'g'ri yo'lga qo'ymaganimizda. ",  - deydi Odil Ahmedov. 


15:35. "Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldin Vadim Abramov bilan gaplashdik. U kishiga himoyaviy taktikani taklif qildim. Ammo bu taktikada o'ynash uchun anchagina mashg'ulot qilish kerakligini aytdi. 

O'zbekiston terma jamoasiga keyingi murabbiy kim bo'ladi? To'g'risi bilmayman. Ammo taklifim terma jamoada ishlagan murabbiy bo'lsa yaxshi bo'lardi. Agar mahalliy murabbiylar bo'lsa: Ro'ziqul Berdiev va Timur Kapadze. Berdiev qo'rqmasdan yangi taktikaga o'taveradi va yoshlarga imkoniyat beradi. Kapadzega kelsak u hali yosh va kelajagi porloq murabbiylardan biri", - deydi Azizbek Haydarov. 



15:31. Azizbek Haydarov: Vadim Abramov terma jamoaga tayinlanishiga xalqimizning ko'plab talab va istagi hisobga olingan...

Birodar Abduraimov: Qani o'sha xalq? 

Azizbek Haydarov: Xalq, omma... 

Birodar Abduraimov: Qani o'sha omma? Kimlar edi ular? 

Azizbek Haydarov: Bilmadim endi. O'shanda Falastinga yutqazgandik va keyingi o'yingacha 1 oy qolgandi. Abramov futbolchilarni ruhan ko'tara olishiga ishongandik. O'sha paytda "Bunyodkor"da ham yaxshi ishlagandi. Ammo mashg'ulotni men olib bormayman.


15:27. "O'zbekistonda mahallada futbol yo'qolib ketmoqda. Oldinlari ko'chalarda futbol o'ynalardi, hozir maydonlar deyarli yo'q. Toshkentda faqat pullik maydonlar bor. Mahalladagi futbol bizning kelajagimiz hisoblanadi. Issiqda va peshin paytida oftob tagida yosh futbolchilar mashg'ulot qilishmoqda, ular futbolchi emas majruh bo'lib etishishadi", - deydi Azizbek Haydarov.  


15:23. "Fikrimni barchadan uzr so'rash bilan boshlamoqchiman. Maqsadimiz Jahon chempionati keyingi bosqichiga chiqmoqchi edik. O'FA tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Vadim Abramov aytganidek o'yindan oldin futbolchilar kelib Odil Ahmedov himoyada o'ynasin deb iltimos qilishdi. Men buni bosh murabbiyga etkazdim. Taktik tomonlama har doim kamchiligimiz bo'lgan. Bizda bitta planimiz bor edi, agar ikkita yoki uchta rejamiz bo'lganida balki natija boshqacha bo'lardi. Milliy terma jamoa yutqazaversa turli yoshdagi jamoalarimizning g'alabalari ko'pchilikka ko'rinmaydi. Sabrli bo'laylik. Infratuzilmani yaxshilash kerak, o'zimiz qaysidir davlat futbolidan ustunmiz deb o'ylaymiz ammo infratuzilma borasida o'sha davlatlar bizdan yuqorida. Ayollar, U-19 va mini futbol jamoalarimiz uchun 2021 yil yaxshi kelmoqda. Aybdorlarni qidiraverish kerak emas, mag'lubiyatga barchamiz aybdormiz. O'zim futbolchi sifatida uch marta JCH saralashida ishtirok etgan bo'lsam, doim ochko yoki bitta gol etmay qolardi. Bizga halollik etishmayapti", - deydi Azizbek Haydarov.


15:15. "Barchasiga aynan men aybdorman. Bosh murabbiy menman va barchasiga faqat men aybdorman", - deydi Abramov.


15:13. Anzur Ismoilov so'nggi pallada kelib terma jamoada o'ynay olmasligini malum qildi. Bunga nima sabab bo'lganini bilmayman. Krimec borasida esa uni oldin ham yig'inlarga chaqirardik. Ammo so'nggi lahzada jarohat olardi, bundan tashqari so'nggi o'yinlarda u "Paxtakor"da ham o'ynamayotgandi. Statistikasi yomon edi", - deydi Abramov.  


15:09. "Ha 20 may kuni chempionatni to'xtadik va yig'in olib bordik. Saudiya Arabistonida legionerlar yo'q, bizda esa legionerlar juda ko'p. Xorijda o'ynayotgan futbolchilar ko'pi ancha vaqt terma jamoaga kelishmadi. 

Avstraliya terma jamoasi bilan o'yinni o'tkazmoqchi edik, ammo ularda futbolchilar bilan muammo chiqdi va ular o'yinni bekor qilishni so'rab xat yuborishdi. 

Istefoga kelsak, ha albatta shartnomam iyun oyida tugaydi va men ketaman. Bu borada gap so'z bo'lishi mumkin emas", - dedi Abramov. 


15:06. Farruh Ikromov aynan qaysi jihatlari bo'yicha terma jamoaga chaqirildi. Futbolchilarni statistika bo'yicha tanlab olmaymiz. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda uni foydali va kelajagi porloq futbolchi ekani ko'rindi, - dedi Abramov. 

15:04. Odil Ahmedov nima uchun himoyada o'ynadi? Sababi futbolchilar kelib menga shunday deyishdi... Aziz Haydarov kelib shunday dedi. Biz bir jamoa edik va uning taklifni qabul qildik," - dedi Abramov. 


14:57. 

"2019 yil Falastindan mag'lub bo'lgan jamoani O'zbekiston terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqish vazifasi qo'yilgandi. Tarkibni 70 foizga yangiladik. Biz Yaman va Singapurni mag'lub etdik, keyin Saudiya Arabistoniga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydik. Bu o'yinda vaziyat taqozosi va futbolchilarimizning tajribasizligi sabab yutqazib qo'ydik. Saudiya Arabistonida OCHL g'olibi bo'lgan klub bor. Bu mag'lubiyatdan keyin birinchi o'rinni egallash imkoniyatimiz pasayib ketdi. Biz oldindagi 3ta o'yindan 6 ochko olsak keyingi bosqichga chiqardik. Ammo pandemiya tufayli KXDR JCH saralashidan chiqib ketdi va FIFA boshqa guruhdagi ikkinchi o'rindagi jamoalardan 6 ochko olib tashladi. Livan 10 ochko bilan keyingi bosqichga chiqdi, biz 15 ochko bilan qolib ketdik. Barcha aybni o'z bo'yimniga olaman. CHunki men bosh murabbiyman, Barcha futbol muxlislaridan uzr so'rayman. Men murabbiy bo'lib ishlaganimda ikki markaziy himoyachi va darvozabonni tayyorlay olmadik. Bu muammo hamon bor", - deydi Vadim Abramov. 

14:50. O'FA Birinchi vice prezidenti Ravshan Ermatov nutq so'zlamoqda. 


14:39. Kongressning kun tartibi

1.O'FAning Ustavini OFK va FIFA talablari asosida yangi tahrirda tasdiqlash - BIR OVOZDAN TASDIQLANDI

2. O'FA saylov kodeksini tasdiqlash - BIR OVOZDAN TASDIQLANDI

3. O'FAning saylov qo'mitasini tasdiqlash - BIR OVOZDAN TASDIQLANDI

4. O'FAning apellyaciya saylov qo'mitasini tasdiqlash - BIR OVOZDAN TASDIQLANDI

14:37. "Jurnalistlar futbolni faqat kuzatuvchisi yoki tanqidchisi bo'lib qolmasdan, uning faol azolaridan biriga aylanishdi. G'alaba va mag'lubiyat doim yonma yon yuradi. Yaqindagi O'zbekiston terma jamoasining mag'lubiyatini O'FA alohida ko'rib chiqadi va bu borada hisobot beradi. Bu mag'lubiyat bir kunda bo'lib qolmadi. Bolalar futbolidan boshlab muhokama qilamiz. Bizda orqaga yo'l yo'q", - dedi Abdusalom Azizov.

14:35. O'FA yangi Ustavi muhokama qilinadi va sentyabr oyidagi O'FA hisobot saylov kongressi haqida malumot beriladi. 

14:33. Kongressni O'FA prezidenti A.Azizov ochib bermoqda.

14:33. Bugungi kongressda OAV vakillari savol berishi mumkin emas.

14:32. O'FAning Navbatdan tashqari kongressi boshlandi. 

14:30. O'FA prezidenti Abdusalom Azizov zalga kirib keldi.

14:28. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham shu erda

14:27. Zalga Ravshan Ermatov kirib keldi.

14:23. Vadim Abramov va Aziz Haydarov yonma-yon o'rindiqda o'tiribdi...

14:15. Hozircha delegatlar va OAV xodimlari MOQ binosidagi o'z joylarini egallashmoqda.

14:10. Assalomu alaykum. MOQ binosidan reportajimizni boshlaymiz.

Reyting: -105   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика