So’nggi yangiliklar

16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  1 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  2 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  11 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5

O'FA milliy terma jamoaning FIFA reytingidagi o'rniga munosabat bildirdi Yangiliklar

O'FA milliy terma jamoaning FIFA reytingidagi o'rniga munosabat bildirdi

Teglar :  FIFA reytingiO'FA
FIFA reytingi nisbiy ko'rsatkichdan boshqa narsa emas. O'zbekiston termasining ayni vaqtda 95-o'rinda turgani, uning o'zidan oldinda turgan jamoalardan kuchsizligini bildirmaydi.

O'zbekiston milliy termasi 2017 yilning 5 sentyabr sanasidan buyon rasmiy o'yinda ishtirok etgani yo'q. Undan oldinga o'tib olgan termalar esa Osiyo Kubogi uchun saralashni davom ettirishga majbur bo'lgandi. O'sha o'yinlarda qo'lga kiritilgan ochkolargina ayni paytdagi reytingga sabab bo'ldi.

O'FA o'z principlaridan chekinmaydi va o'rtoqlik o'yinlarini sifatli tashkil qilish uchun harakatni davom ettiradi. Yani, kuchsizroq raqiblarni engib, jadvalda ko'tarilib olish haqida o'ylamaydi. 2019 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi esa hamma masalaga oydinlik kiritib beradi.

Osiyo Kubogiga qura tashlanishida FIFA reytingi inobatga olinmadi. JCH—2022 saralashiga qura esa Osiyo Kubogidan keyin bo'lib o'tadi. Qita chempionatidagi natija O'zbekiston termasini reytingda yuqoriga olib chiqishi mumkin.

Malumot uchun, O'FA rahbariyatida o'zgarish yuz berganidan keyin O'zbekiston termasi birorta ham rasmiy o'yinda ishtirok etganicha yo'q. FIFA reytingi so'nggi 4 yillik natijalaridan kelib chiqib tuziladi. Demak, ayni vaqtdagi holat uchun javobgarlik kimlarning zimmasida ekani barchaga malum.

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика