So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  0 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  13 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  4

O'FA Ijroqo'mi O'zbekiston U-19 bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev rahbarligidagi murabbiylar shtabini vazifasidan ozod etdi Yangiliklar

O'FA Ijroqo'mi O'zbekiston U-19 bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev rahbarligidagi murabbiylar shtabini vazifasidan ozod etdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari o'tkazildi.

Saralash bahslarida Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi.

10 noyabr kuni O'zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistoni yoshlar termasiga qarshi bahs olib bordi. 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 4 nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirildi. SHuningdek, Odilbek Abdumajidov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bundan tashqari O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi – Otabek G'ulomxo'jaev hamda uning yordamchisi Doniyor Usmonov ham nojoiz xatti-harakatlari sabab hakam tomonidan ogohlantirildi.

Ushbu uchrashuvni o'rganib chiqqan OFKning Tartib-intizom va odob-ahloq qo'mitasi O'FAga shikoyat maktubi yo'llab, uchrashuv davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari o'zini noprofessional tarzda tutganliklari va buni o'rganib chiqib, tegishli choralar ko'rilishi zarurligini malum qildi. Ushbu holat esa O'zbekistonning xalqaro maydondagi obro'-etiboriga, mazkur yosh toifasidagi qita chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakat imidjiga musobaqa oldidan salbiy tasir o'tkazishi ehtimoli mavjud.


Mazkur holat O'FAning Ijroqo'mi tomonidan ko'rib chiqildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozlarining xalqaro miqiyosdagi uchrashuv vaqtida nojoiz xatti-harakatlar amalga oshirgani, shogirdlariga o'rnak bo'lish o'rniga o'yin rasmiylari qarorlaridan norozi ekanini ochiqchasiga namoyish etib, maydonda o'zini noprofessional tutgani etirof etildi. Yakunda O'FA Ijroqo'mi O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo'yicha qaror chiqardi.

Uchrashuv qanday hisobda yakunlanishidan qatiy nazar har bir futbolchi va murabbiy o'zini professional tarzda tutishi lozim. Xalqaro maydondagi uchrashuvlar vaqtida futbolchi yoki murabbiy nafaqat o'z shanini, balki butun mamlakat sharafini himoya qilishini his etishi zarur.



Nikimbaev: "Saudiya Arabistoni U19 - O'zbekiston U19  uchrashuvida mushtlashuv sodir bo'lgan"        

Eshitdik-da! O'FA Kapadzeni bosh murabbiy etib tayinladi        


Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика