So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

O'FA akademiyalari uchun imtihonlarda tanish-bilishchilik va korrupciyaga yo'l qo'yilmaydi Yangiliklar

O'FA akademiyalari uchun imtihonlarda tanish-bilishchilik va korrupciyaga yo'l qo'yilmaydi

Teglar :  O'FAakademiya
O'zbekiston futbol associaciyasi o'z tarixida ilk bor har bir hududda futbol akademiyalarini ishga tushirayotganidan xabaringiz bor.

 Tez orada mazkur akademiyalar uchun qabul imtihonlari asosiy bosqichga ko'chadi.
 
Tashkilot imtihonlar shaffof o'tishi uchun barcha ishni amalga oshirishga tayyor. SHundan kelib chiqib, imtihonlarni oluvchi komissiyaga rais sifatida shaxsan Umid Ahmadjonovning o'zi boshchilik qiladi.
 
“Futbol akademiyalarini tashkil etish oson bo'layotgani yo'q. Buni hamma birdek tushunishi lozim. Ishni yo'lga qo'yib olsak, bosqichma-bosqich akademiyalarimizni rivojlantirib boraveramiz. Agar mamlakat futboli o'sishini barchamiz istayotgan bo'lsak, unda bir yoqadan bosh chiqarishimiz yaxshi. Yani, bizdan tashqari mustaqil kuzatuvchilar, ayniqsa, OAV ham imtihonlarga bemalol tashrif buyurishi mumkin. Biz ularning yordamlariga suyanamiz va ular so'ragan har qanday malumotni taqdim etishga tayyormiz”,  — dedi Umid Ahmadjonov.
 
Farzandini etuk futbolchi qilish istagidagi ota-onalar ham, imtihonlarda bevosita ishtirok etayotgan murabbiylar ham bir jihatni yaxshilab tushunishi olishi lozim. Futbol akademiyasiga qabul qilinayotgan bola ustidan pora yoki tanish-bilishchilikning bo'lishi mantiqqa umuman zid. Boisi, akademiyaga faoliyatini davom ettirish baxtiga musharraf bo'lgan bola, kelasi yil o'z o'rnini boy berib qo'yishi ham mumkin. O'FA komissiyasi bu borada yillik majburiyat ishlab chiqqan bo'lib, futbolchi yil davomida qanchalik o'sayotgani borasida testdan o'tkazib boriladi. Yil yakunida belgilab berilgan ko'nikmalarni egallay olmagan bolaga javob beriladi. Uning o'rnida akademiyaga dastlabki yili kira olmagan bo'lsa-da, o'sishda davom etayotgan boshqa o'smir jalb qilinadi.
 
SHuningdek, murabbiylarda ham xuddi shunday majburiyat bo'ladi. Yani, tarbiyalanuvchilarining aksar qismi berilgan vazifalarni o'zlashtira olmay, akademiya bilan xayrlashgan mutaxassislarga ham javob beriladi. Bu talab o'z navbatida murabbiylarni eng shimarib ishlashga majbur qiladi, ular o'rtasidagi raqobatni oshiradi. SHuningdek, akademiya murabbiylari imtihonda faqat va faqat eng kuchlilarni olishga harakat qiladiki (tanish-bilishni emas), zero keyingi 1 yil davomida uning tarbiyalanuvchilari belgilangan talab darajasida ishlashga qiynalmasligi kerak. Yo'qsa, o'zi ham ishidan ayrilishi mumkin.
 
“Qaysidir akademiyada poraxo'rlik yoki shunga o'xshash birorta illatni payqasak, bunday xatoga yo'l qo'yganlarni futbolga umuman yaqinlashmaydigan qilamiz. Faqatgina futbol bilan cheklanmay, o'sha insonlarni tegishli organlarga topshiramiz. Toza futbol istasak, oldin bolalar futboliga soflik olib kirishimiz shart. Bolalar futboli illatlardan holi bo'lishi uchun hammamiz masulmiz”, — dedi Umid Ahmadjonov O'FA komissiyasi bilan uchrashuvda.  
 
Akademiyaga futbolchilar O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning imzosi bilan qabul qilinadi. Imtihonlar yuzasidan etirozi borlar imtihonlar yakunidan keyingi 10 kun davomida apellyaciya berishi mumkin. Bunday holatda o'smirni alohida komissiya nazoratdan o'tkazadi. Bu boradagi boshqa yangiliklar har kuni O'FA matbuot xizmati tomonidan berib boriladi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика