Odil Hamrobekov: "O'tkazib yuborilgan golda barchaning aybi bor"
01 dek 2016 14:09
Yangiliklar
Odil Hamrobekov: "O'tkazib yuborilgan golda barchaning aybi bor"
Unda Toshkentning "Lokomotiv" klubi Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuvda "temiryo'lchilar" yagona gol evaziga "ajdarlardan" ustun keldi. Bahsdan so'ng "Nasaf" futbolchisi Odil Xamrobekov o'z fikrlarini bildirdi.

"G'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qildik. 2016 yil hisobidan ushbu kubokni qo'lga kiritishni istagandik. Menimcha muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. "Lokomotiv" jamoasi tarkibida tajribali futbolchilar bo'lgani uchun mag'lubiyatga uchragandirmiz.
Kelasi yili sovrinlarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi ammo ulardan unumli foydalana ololmadik. Balki bu omad bilan bog'liqdir. Jamoadoshlarim qo'lidan kelgancha harakat qildi, buning uchun barchaga rahmat aytaman. Futbol jamoaviy o'yin, unda bir kishi xato qilmaydi. O'tkazib yuborilgan golda hammaning aybi bor", - deydi "Nasaf" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov.
Jahongir Sotvoldiev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar