Odil Cup-2016. Uchinchi kunning ikkinchi yarmidan reportaj
06 iyu 2016 13:33
Yangiliklar
Odil Cup-2016. Uchinchi kunning ikkinchi yarmidan reportaj
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan reklama shartnomasi imzolagan “ImkonPlyus” kompaniyasi bosh homiyligida tashkil etilgan futbol turnirida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Kechagi kunning ikkinchi yarmida 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar oxirgi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Namangan viloyat futbol federaciyasiga qarashli "Umid" stadionida bo'lib o'tgan o'yinlarda Namanganning "1-BO'SM" jamoasi Kosonsoyning "Kosonsoy" futbolchilari qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Keyingi uchrashuvda esa "Navbahor" o'z raqibi "Neftchi"ni 4:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Odatga ko'ra, ikkala uchrashuv yakunida har bir jamoadan eng yaxshi futbolchilar aniqlandi hamda ularga homiylar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Keyinroq Odil Cup-2016 musobaqasining yakuniy yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Odil Cup-2016. Uchinchi kun o'yinlari (2002 y.)
"1-BO'SM" (Namangan) - "Kosonsoy" (Namangan) 4:1
Gollar: SHaripov, To'lamirzaev, Nachaev, Mehmonov - Qurbonov.
"Navbahor" (Namangan) - "Neftchi" (Farg'ona) 4:0
Gollar: Qayumboev (2), Muxtorov, Abdullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar