Odil Ahmedov jarohat tufayli Osiyo Kubogi-2015ni o'tkazib yuborishi mumkin
22 noy 2014 21:31
Yangiliklar
Odil Ahmedov jarohat tufayli Osiyo Kubogi-2015ni o'tkazib yuborishi mumkin
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionati doirasidagi uchrashuvda jarohat oldi.
Rossiya chempionati 14-turi doirasidagi Moskvaning CSKA jamoasiga qarshi bahchda Krasnodar futbolchisi Odil Ahmedov jarohat olgan va 20-daqiqada uning o'rniga Marat Izmaylov tushirilgan.
Uchrashuv 2:1 hisobida Krasnodar g'alabasi bilan tugagan. O'yindan so'ng Krasnodar bosh murabbiyi Oleg Kononov hozircha Ahmedovga mushaklarning uzilishi tashxisi qo'yilayotganini malum qilgan.
Agar ushbu tashxis to'la tasdiqlansa, u holda bu, albatta, juda ham yaxshi holat emas. Mushaklari uzilgan bo'lishi mumkin. Odil biz uchun, shubhasiz, juda ham muhim o'yinchi, – deydi Kononov.

Fikrlar