Odil Ahmedov va "SHanxay SIPG" OCHL guruh bosqichiga chiqdi
30 jan 2018 18:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/303415_original.jpg)
![](/upload/storage/303415_220.jpg)
Odil Ahmedov va "SHanxay SIPG" OCHL guruh bosqichiga chiqdi
Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichi uchrashuvlari doirasida "SHanxay SIPG" "CHangray Yunayted"ni qabul qildi.
Bahs 1:0 hisobida xitoyliklar g'alabasi bilan yakunlandi. YU Xayning 48-daqiqadagi goli "SHanxay SIPG"ni OCHL guruh bosqichiga olib chiqdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi, ammo ikkinchi bo'lim boshlanishidan avval bosh murabbiy uni almashtirishga qaror qildi.
"SHanxay SIPG" - "CHangray Yunayted" 1:0
Gol: YU Xay 48.
"SHanxay SIPG" OCHLning "H" guruhida "Adelaida Yunayted", "Kashima Antlers" va "Suvon Samsung Blyuvings" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar