So’nggi yangiliklar

23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:50"Палермо" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда!  6 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  4 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  11 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  16 18:17Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  2 17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   1 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  4

Odil Ahmedov: "O'tmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz shart" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "O'tmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz shart"

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

1994 yildan beri FIFA azosi hisoblanadigan O'zbekiston muntazam jahon chempionati saralash bahclarida ishtirok etib kelyapti. Lekin hal qiluvchi pallada ularga nimadir etmay qoladi. Masalan, oxirgi JCH saralash bosqichini yodga olaylik. Toshkentda Janubiy Koreya bilan bahsda O'zbekistonni istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtirardi. Hatto 1:0 ham O'zbekistonni mundialga olib chiqardi, lekin o'yin durang bilan yakunlandi. 

Endilikda O'zbekiston terma jamoasining asosiy maqsadi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish hisoblanadi. Ammo birinchi o'yinda hech kim kutmagan natija ro'y berdi, terma jamoa Falastinga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 31 yoshli Odil Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berar ekan, maqsadga erishish uchun oldingi xatolarni takrorlamaslik kerakligini aytib o'tdi: 

- "Albatta, bosh maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish hisoblanadi, buning uchun esa yaxshi o'yin ko'rsatgan holda o'tmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz shart. Biz har doim saralash bahslarini ko'tarinki kayfiyatda boshlaganmiz, lekin bu gal birinchi o'yinda bunday bo'lmadi. Mag'lubiyatdan xafamiz, ammo hali hammasi oldinda. Vaziyatni o'nglash uchun juda yaxshi imkoniyatga egamiz". 

Falastindan uchralgan mag'lubiyat Ektor Kuperning istefo berishiga sabab bo'ldi. Endilikda jamoani yana mahalliy mutaxassis Vadim Abramov qabul qilib oldi. Terma jamoani shu oyda ikkita o'yin kutyapti: uyda Yaman va safarda Singapur bilan. O'zbekiston har ikkala uchrashuvni g'alaba bilan yakunlasa jadvalning yuqori qismiga ko'tarilib oladi va noyabrda Saudiya Arabistoniga qarshi bahsdan oldin qulay imkoniyatga ega bo'ladi. 

- "Jahon chempionatiga chiqish har bir jamoaning o'ziga bog'liq. Biz hech kimni kamsitmasligimiz, har bir raqibga hurmatda bo'lishimiz lozim. Bu xoh Saudiya Arabistoni yoki boshqa uchta jamoa bo'lsin", - deydi Ahmedov. 

Odil Ahmedov O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi. U 12 yildan beri terma jamoada to'p tepib kelyapti va bungacha uchta jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Ahmedov JCH saralash o'yinlarida hozircha 9ta gol urgan, avvalgi safar Qatar darvozasiga kiritgan goli ham juda chiroyli chiqqandi. 

- "Maqsadimiz aniq: jahon chempionatiga chiqish, - deydi faoliyatini Xitoyda davom ettirayotgan futbolchi. - Men "SHanxay SIPG" safida ikkita ajoyib mavsumni o'tkazdim va o'tgan yil Xitoy Superligasida chempionlikni qo'lga kiritdik. Endi bo'lsa terma jamoa bilan zafar quchishni, yani jahon chempionatiga borishni xohlayman. Jamoamiz yaxshi futbolchilardan tashkil topgan, bizda bir nechta iqtidorli yoshlar bor. Albatta, kelajakda nima bo'lishini aytish qiyin, lekin har doim eng yaxshisiga umid qilish kerak".

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика