Odil Ahmedov: “O'tgan yili jarohat tufayli o'z o'yinimni ko'rsata olmayotgan edim”

Narzulla Saydullayev
13 okt 2014, 11:47
Bu yilgi Ahmedov, bir yil avvalgisidan ancha farq qilyapti. Albatta bu terma jamoa bosh murabbiyining ham quvontirayotgan bo'lsa ajab emas, boisi Osiyo Kubogiga ikki oydan sal ko'proq vaqt qoldi xolos.
–   BAAga qarshi o'yinga tayyogarlik boshlab yuborildi, tiklanish jarayoni qay darajada ketyapti?
–   Bahrayn bilan o'yinning ertasiga Abu Dabiga yo'l oldik, bir kun avval o'yin bo'lganligi uchun plyajda tiklanish mashqlarini bajardik, u yerdagi qumli maydonda futbol o'ynab, aslida qumda to'p tepish biroz og'ir hisoblandi, lekin biz uchun bo'ldi. BAAga jiddiy e'tibor qaratishmiz kerak, ularga qarshi doimo qiyin o'yin bo'lib kelgan, undan tashqari bu BAAning eng kuchli avlodi deb bilaman. Bu terma jamoa ancha yillardan berish shakllanib kelyapti, JCH va Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishganligi, so'zim isboti bo'la oladi. Bu o'yinda bor e'tibor faqat va faqat g'alabaga qaratiladi.

–   Dastlabki ikkita o'yin bo'lib o'tdi, birinchisida ishtirok eta olmadingiz, ikkinchisi esa durang bilan tugadi...
–   Ha, birinchi o'yindagi natija qoniqarsiz bo'ldi, ammo biz o'yin borasida oqsadik deb aytmagan bo'lar edim. Qatar bilan o'ynagan futbolchilarning ko'pchiligi Koreyadan qaytganiga ko'p bo'lmasdan yana safarga chiqqan edilar. Bu ular uchun jiddiy sinov bo'ldi deb o'ylayman, muhimi o'yinni shakllantirish. Natija haqida Osiyo Kubogida o'ylashimiz kerak. Bahrayn bilan ham bir qator uslublarni sinab ko'rdik, masalan burchak zarbasidan keyin bittamiz uzoqroqdan to'pni qabul qilib yakuniy zarbani berishimiz mumkin edi. Mashg'ulotlarda o'ylaganlarimizni o'yinda sinash imkoniyati bo'layotganligi yaxshi. Bahrayn bilan o'yin tizginini boshidan qo'lga olishga harakat qildik, gol urishga kelganda yoki tajriba, yoki sovuqqonlik yetishmayaptikanga o'xshaydi.

–   Nima uchun har bir o'yindagi ritm ushlanib qolinmayapti, Har bir o'yin har xil?
–   Toshkentdagi o'yinlarimiz yaxshi chiqishi sababi avvalo muxlislarimiz oldida to'p tepishimiz va o'zimizga mos muhit. Istagancha futbolchilarni aldab o'tishingiz ham mukmkin, bu yerda esa biroz boshqacharoq, ko'p yugurish imokniyatiga ega emasmiz, shuning uchun to'pni tezroq jamoadoshingizga etkazishga majbur bo'lasiz.

–   Yangi Zelandiya bilan eng yaxshi o'yinlaringizdan birini o'tkazdingiz...

–   Raqibga ham bog'liq, ular yevropacha o'yin qiladilar, bunday jamoalarga qarshi o'ynash qiziq.  Yana o'z ampluamda harakat qilayotganim foyda beryapti. “Anji”da jarohat oldim, bazan zaxirada o'tirdim, bu esa terma jamoaga o'z ta’sirini o'tkazdi. Xudoga shukur, bu yil ishlarim yaxshi  ketyapti, klubda doimiy o'ynayapman, Yevropa Ligasida oddiy o'yinlar bo'lmaydi, qolaversa klubdagi joyim ham terma jamoaga mos tushyapti.

–   Osiyo Kubogiga ham oz qoldi, avvalgisiga oliy liga futbolchisi sifatida borgan edingiz, bu safar esa Rossiya premer-ligasidan...
–   Albatta rasmiy o'yinlarning foydasi katta. Menimcha bu safar yanada yaxshiroq harakat qilamiz.

Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia