So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  62 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

Odil Ahmedov: Nima uchun Krasnodardan ketgani, Rossiyaga qaytmasligi va sariq sabzi haqida Yangiliklar

Odil Ahmedov: Nima uchun Krasnodardan ketgani, Rossiyaga qaytmasligi va sariq sabzi haqida

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning "Futbol" nashriga intervyu berdi.

Ushbu intervyuda Ahmedov Krasnodardan nima uchun ketganini, Andre Villash-Boashga rahmi kelayotganini va Rossiyaga boshqa qaytmasligini aytib o'tgan.



Francuzlar transferim narxini ko'tara olishmadi

- Aksel Vitsel Xitoy klubidan tushgan taklifni qabul qilish uchun uxlay olmagan ekan. SHanxay SIPGga o'tishdan oldin necha kun uxlamagansiz?


- Bu men uchun juda qiyin qaror edi. Qishda Krasnodardan ketishim aniq edi.

- Nima bo'ldi?

- SHalimov bosh murabbiy bo'lgan bir necha oy davomida faqat bir marta suhbatlashdik: Maydon markazida senga joy yo'q. Imkonsiz.

- Qanday tushuntirdi?

- Balki unga maydon markazidagi harakatlarim maqul kelmagandir. Nima deyish mumkin? Har bir murabbiyning futbolga qarashi bor. SHalimov qo'l ostida asosan qanotda o'ynadim va kam foyda keltirdim. Men markaziy yarim himoyachiman! Qanotda foydam ikki baravar kamayadi. Mana shu suhbatdan so'ng klubdan ketishga qaror qildim. Vaziyatni tahlil qilib 2017 yilda ham Krasnodardagi holatim o'zgarmasligiga amin bo'ldim.

- Qishda BAA va Saudiya Arabistonidan ham taklif bo'lgandi?


- Ha, arab klublari anchadan buyon meni taqib qilishmoqda. Yana Franciya chempionatidan ham taklif bo'lgandi.

- Ammo siz pulni tanladingiz?

- SHunchaki francuzlar transfer narximni ko'tara olishmadi, SHanxay esa Krasnodar so'ragan pulni to'lay oldi.



Xitoyga pul uchun borganim yo'q

- Oskar SHanxayda CHelsidagidan besh baravar ko'p maosh oladi. Sizning maoshingiz qanchaga ko'paydi?


- Krasnodardagidan biroz ko'proq maosh olayapman. Ammo Xitoyga pul uchun borganim yo'q. Men uchun hech qachon pul birinchi o'rinda bo'lmagan. Bilasizmi Paxtakordagi oyligim qancha bo'lgan?

- Qiziq.

- 100 dollardan kamroq. Hozirgi yoshlar buncha pul evaziga xatto mashg'ulot ham o'tkazmasa kerak. Men esa borim bilan o'ynardim. Sababi o'z oldimga maqsad qo'ygandim: o'rtamiyona emas eng yaxshi futbolchi bo'lish. Yo'lkiraga arang etardi. Hozir esa yoshlar million pul topmoqda. Unga qarab haqiqatdan ham qobiliyatli futbolchi deb o'ylaysan. Ikki yildan so'ng u yo'q bo'lib qoladi. Barchasi pullar tufayli .

- Siz Paxtakor asosiy tarkibida Valeriy Nepomnyashiy qo'l ostida debyut qilgansiz shekilli?

- Ha, aynan u meni o'rinbosarlar safidan asosiy tarkibga qo'shgandi. Intelligent murabbiy. Hech qachon futbolchilarni so'kkani yoki baqirganini eshitmaganman. Barchasini og'ir bosqichlik bilan tushuntiradi – hamma tinglaydi. Avtoritet.

- Nepomnyashiy sizning SHanxayga o'tishingizga shunday munosabat bildirgandi: Afsuski, Odil Xitoyga ketdi, Evropaga emas. U ko'prog'iga loyiq.


- Agar Krasnodarda Valeriy Kuzmich bosh murabbiy bo'lganida hech qaerga ketmasdim. Hozir Evropa haqida gapirishdan mano yo'q. Yaqinda 30 yoshga to'laman, istalgan Evropa klubi yosh futbolchini olishni istaydi. Ikki-uch yildan so'ng xorijdagi faoliyatimni tugatib uyga qaytaman. Bolalarim katta bo'lmoqda, ular O'zbekistonda o'qishlari kerak. Ota-onamni ham so'nggi yillarda kam ko'rayapman.



Limit tufayli Villash-Boash qiynalmoqda

- Xitoy chempionatining dastlabki uchta turidan ikkitasida siz qaydnomada ham yo'q edingiz. Bu nimani anglatadi?


- Barchasi limit tufayli. Superliga o'yin qaydnomasiga faqat 3 legionerni qo'shish mumkin. Qolganlar xatto zaxirada ham bo'lmasligi shart. SHu sabab u tarkibni almashtirib turishga majbur. Bitta o'yinda dam olaman – ikkinchisida o'ynayman.

- Agar oldindan buni bilganingizda Xitoyga borarmidingiz?

- Agar Boash oldinroq limit haqida bilganida ko'p legioner taklif qilmasdi. Qaror jamoamizda besh legioner bo'lgan paytda qabul qilindi (Ahmedovdan tashqari SHanxayda Oskar, Xalk, Elkeson va Rikardu Karvalyu kabi legionerlar bor). Nima ham qila olamiz… Buni men emas, murabbiy emas Xitoy Federaciyasi o'ylab topdi. OCHLda esa 3+1 limiti bor. Maydonga to'rt legionerni tushirish mumkin, ulardan biri osiyolik bo'lishi kerak. Osiyolik futbolchi aynan menman.

- Villash-Boash nima demoqda?

- Tarkibni almashtirib turishga majburman. Agar barchasi unga bog'liq bo'lganida hamma legionerlar o'ynashlarini aytmoqda. U to'g'ri tushuntirdi, men to'g'ri tushundim. Agar chempionat boshlanishi arafasida limit o'zgarib ketsa nima ham qilish mumkin? Qiynalayotgani sezilmoqda, sababi aynan u bizni jamoaga taklif qilgan. SHaxsan menga Boash dekabr oyida qo'ng'iroq qilgandi.




JCH-2018ga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz

- Nima uchun 1 mlrd 357 mln aholiga ega bo'lgan Xitoyda umuman mashhur futbolchi yo'q?


- Yaxshi yigitlar bor, shunchaki ular xorijda o'ynashmaydi va hech kim tanimaydi. Agar Xitoyning o'zida barcha sharoitlar yaxshi bo'lsa boshqa mamlakatga ketishdan nima naf?

- Agar yaxshi yigitlar bor bo'lsa nima uchun terma jamoa miqiyosida yaxshi o'ynay olishmayapti?


- Ularga yana 4-5 yil beringlar barchasi bo'ladi. Xitoy futboli Xalk va Oskar kabi yulduzlar evaziga kuchaymoqda: mahoratli futbolchilar bilan birga mashg'ulot o'tkazib kuchayib boraverasan. Xitoylik futbolchilar Gollandiyada, Portugaliya va Ispaniya birinchi ligalarida o'ynashadi. Bundan tashqari Superliganing har bir klubi asosiy tarkibda 23 yoshga to'lmagan futbolchini tushirishga majbur. Aynan shu yigitlar terma jamoaning kelajagi.

- Hozircha esa Xitoy JCH-2018ga chiqa olmasligi deyarli aniq, bundan tashqari oktyabr oyida O'zbekistonga yutqazgandi - 0:2.


- Nimaga xayron qolasiz? Bizda ham kuchli jamoa bor. Braziliyadagi mundialga faqat to'plar nisbatiga ko'ra bora olmagandik: Koreya saralashda bizdan ikkitagina ko'proq gol urgandi. Hozir yana ikkinchi o'rin uchun kurashayapmiz. Agar mart oyida Suriyaga yutqazmaganimizda, tepada bo'lardik.  

- O'yin Suriyada bo'lmagandir?


- Malayziyada o'ynadik. Kuala-Lumpurga keldik, u erda esa tomosha boshlandi. Markaziy stadionni sizlarga bera olmaymiz deyishdi. Ikki soat yo'l bosib boshqa shaharga bordik. Arena – shunchaki daxshat. Maydon umuman tayyor emasdi. Maysa tagida toshlar bor edi. O'sha maydonda bir marta yiqilib tushgandim, haliyam davolanayapman. Bundan tashqari havo juda ham dim edi. Jahon chempionati uchun yo'llanma taqdiri hal bo'layotganda bunday maydonda qanday o'ynash mumkin?!  Menimcha, bu faqat Osiyoda bo'lsa kerak. Golgacha o'ynadik va qo'shimcha daqiqalarda penaltidan gol o'tkazib yubordik.

- Guruhdagi uchinchi o'rin tamom degani emasmi?


- Uchinchi o'rinni olgan jamoa narigi guruhdagi uchinchi jamoa bilan o'ynaydi. Ayni paytda bu Avstraliya. Bu juftlik g'olibi KONKAKAF mintaqasi jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi. Ammo Rossiyaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olsak yaxshi bo'lardi, buning uchun yaxshi imkoniyatga egamiz.



Xitoyda sariq sabzini topib bo'lmaydi

- Oldin Krasnodar va Moskvadagi restoranlarda oshni yaxshi tayyorlay olmasliklarini aytgandingiz. Xitoyda qanday ekan?


- Bu erda guruch sifatli, ammo biznikiga sira o'xshamaydi. Yaxshi oshni faqat o'zbek guruchidan tayyorlash mumkin.

- Yaxshi palovsiz qanday yashayapsiz?

- Qanday qilib palovsiz yashash mumkin? Turmush o'rtog'im uni tayyorlab turadi. SHunchaki barcha mahsulotlarni O'zbekistondan olib kelamiz. Guruch, ziravorlar. Yana Xitoyda sariq sabzi topish muammo, u ham asosiy mahsulot.

- Yana nima etishmayapti?

- Xitoy tilini bilmasligim. Hech nima tushunmayapman. Qolgan barchasi joyida. Ajoyib murabbiy, inoq jamoa, ajoyib muxlislar, zamonaviy stadionlar. SHanxay chiroyli shahar ekan, oilamga bu erda yoqdi. Barchasi super.

- Krasnodar Rossiyadagi so'nggi klubim degandingiz. Qaytmasligingiz aniqmi?


- Qaytamayman. Xitoyda 2-3 yil o'ynayman va uyga qaytaman. Vaqti keldi.

Rus tilidan Narzulla Saydullaev tarjima qildi

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика