“Barselona” “Shanxay SIPG” a'zosini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2022, 08:40
“Chelsi” sobiq yarim himoyachisi Oskar Yevropaga qaytishi mumkin.

“Barselona” 30 yoshli braziliyalikni jamoaga olib kelish variantini o'rganmoqda.

Tomonlar allaqachon uchrashuv o'tkazgan va bitimning moliyaviy tomonlari bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

30 yoshli futbolchi o'tgan yil “Shanxay SIPG” tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 5+16 natijaga erishdi. U 2017 yildan beri Xitoy klubi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TNT Sports