Odil Ahmedov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
07 sen 2015 10:23
Yangiliklar
Odil Ahmedov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
Odil Ahmedov Saydulla Tursunov murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv-2005″ futbolchilarining mashg'ulotini ko'rish uchun Labzakdagi mashg'ulot maydoniga tashrif buyurdi. U erda mohir yarim himoyachini “Lokomotiv” jamoasi boshlig'i Qobil Yunusov, futbol maktabimiz direktori Erkin Saidov hamda murabbiylar Saydullo Tursunov va Sunnat Ro'ziev kutib olishdi.
Odil Ahmedovdek futbolchi bilan uchrashuv yosh bolakaylarda iliq taassurot qoldirdi. Ular Ahmedovga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi, shuningdek birga suratga tushishdi. Malumki, “Lokomotiv” futbol maktabi o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan. Avvalo etuk va kelajagi porloq istedodlarni tarbiyalab berish birlamchi vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Buning uchun o'zbekistonlik taniqli futbolchilar bilan turli uchrashuvlar tashkil etish ham futbol maktab dasturidan o'rin olgan. CHunki har qanday sohada bo'lgani kabi futbolda ham yulduz bo'lish uchun haqiqiy yulduzlardan o'rnak olish kerak bo'ladi.
Odil Ahmedov mamlakatimizning eng kuchli futbolchilaridan biri. Uning katta futbolga kirib kelishi “Lokomotiv”da ro'y bergan, biroq keyinchalik “Paxtakor”ga o'tib ketgan. Futbolchi hozirda faoliyatini Rossiya premer-ligasi vakili “Krasnodar”da davom ettirmoqda. U yaqinda milliy terma jamoamizning yangi sardori etib tayinlandi. Odil Ahmedov uchrashuv oxirida 10-raqamli futbolkasini “Lokomotiv” futbol maktab direktori Erkin Saidovga esdalik sovg'a sifatida taqdim etdi.
“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar