Odil Ahmedov jamoasi 0:3 dan kambek qildi
03 avg 2017 18:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/268631_original.jpg)
![](/upload/storage/268631_220.jpg)
Odil Ahmedov jamoasi 0:3 dan kambek qildi
"Tyanczin SHanxay"ga qarshi chorak finalning ikl uchrashuvida "SHanxay SIPG" 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
Ahmedov jamoasi uyida kechgan bahsda Andre-Villash Boash shogirdlari kambek amalga oshirishdi. Ilk goldagi hujum Odil Ahmedovning pasi bilan boshlandi. Hamyurtimiz Oskarga to'pni uzatdi, braziliyalik esa Xalkni topdi va "Zenit" sobiq hujumchisi hisobni ochdi. Ikkinchi golga ham Xalk mualliflik qildi, biroq bu safar penaltidan.
Ikkinchi bo'limni faol boshlagan "SHanxay SIPG" navbatdagi 45 daqiqalikda ham 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va bahsni 4:0 hisobida yakunlab, Xitoy Kubogi yarim finaliga yo'l olishdi.
Uchrashuv vaqtida futbolchilar va murabbiylar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.
"SHanxay SIPG" Xitoy Kubogi yarim finalida "Guanjou Evergrand" bilan o'ynaydi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar