So’nggi yangiliklar

08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  0 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  7 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  3 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  26

Odil Ahmedov: "Do'ppi"ni qo'lga kiritish qiziq bo'ldi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Do'ppi"ni qo'lga kiritish qiziq bo'ldi"

Bugun ilk marta mutaxassislar bergan ovozlar natijasida "Do'ppi" sovrini o'z g'olibini aniqladi.
Futbolchilar orasida ushbu mukofot birinchi bshhlib Odil Ahmedovga nasib etdi. Haqiqatdan ham, Ahmedov uchun joriy mavsus ajoyib tarzda o'tdi. "Krosnadar" safiga borib qo'shilgan futbolchimiz, u erda asosiy tarkibdan muqim joy olish bilan birga rus OAV tomonidan yana etirof etila boshlandi. Klubdagi muvaffaqiyati, kuz oyida bo'lib o'tgan Yangi Zellandiya va BAA terma jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarda ham davom etdi. 

"Har bir futbolchi uchun har qanday etirof o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Bu sovrin haqida avval o'qiganimda, g'olib bo'lish haqida o'ylamagandim. Boisi bugungi kunda terma jamoamiz safini saviyali futbolchilar himoya qilib kelishyapti. Qolaversa, oliy ligada ham yoshlar chiqib kelmoqda. Menga ovoz bergan jamoa bosh murabbiylari va futbolchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu mukofot barchaniki - jamoadoshlarim va muxlislarniki. Agar ular bo'lmaganida, bir kishi bunday muvaffaqiyatga erishmaydi", - deydi Odil Ahmedov.

- Nima deb o'ylaysiz, bu sovrin o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'la oladimi?

- Menimcha, ha. Boisi bu erda 365 kun futbol bilan yashaydigan mutaxassislar ovoz berish jarayonida ishtirok etibdilar. Albatta, mutaxassislarning etiborini qozonish yoqimli. Har bir qilinayotgan ish avvaliga etibordan chetda bo'ladi, ammo keyin o'z o'rniga tushib ketadi. O'z paytida saytingiz ochilganida, shunday muvaffaqiyatga erishishiga ishonmaganlar ko'p edi. Bugun esa terma jamoadagi barcha do'stlarim OAV deganda, sizlarni tushunadi.

- Iroq bilan so'nggi o'yinda maydonga tushdingiz, jarohat to'liq ortda qoldimi?

- SHunday desam ham bo'laveradi. Oldimizda yana 10 kun vaqt bor, bu vaqt men uchun ayni muddao. Osiyo Kubogida barchamizning maqsadimiz bir. 

- Ertaga yurtimizda yangi yil kutiladi...

- Yangi yilni oila davrasida, ayniqsa Vataningda kutishga nima etsin. SHu fursatdan foydalanib, oilamiz azolari va terma jamoamiz vakillari nomidan barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman! Yurtimiz doimo mana shunday tinch bo'lsin!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика