Odil Ahmedov: "Denisov "Anji"ning qora tanli futbolchilari haqida ko'p yoqimsiz gaplarni aytgan. SHu tufayli Eto'O bilan janjallashib ketishiga sal qolgan"
31 okt 2022 16:05
Yangiliklar


Odil Ahmedov: "Denisov "Anji"ning qora tanli futbolchilari haqida ko'p yoqimsiz gaplarni aytgan. SHu tufayli Eto'O bilan janjallashib ketishiga sal qolgan"
Odil Ahmedov "Anji"da Igor Denisov va Samuel Eto'O o'rtasida yuzaga kelgan mojaro tafsilotlarini oshkor qildi.
- SHov-shuvlarga sabab bo'lgan Eto'O va Igor Denisov o'rtasidagi mojaro nima sababdan yuzaga kelgan?
- Bu Igor qora tanli futbolchilar haqida ko'p yoqimsiz gaplarni aytganida ro'y berdi. SHu fonda ular gap-so'zga borishdi va sal qolsa janjallashib ketishardi.
Umuman olganda, Eto'O sheriklarga bosim o'tkazmasdi va ziddiyatga beriladigan odam emasdi. Ha, men ko'p narsani o'z zimmamga olgandim, buni iloji boricha professional tarzda bajargandim. Lekin hech qachon murabbiylarga nimanidir o'rgatmaganman.
Samuel "Anji" sardori va etakchisi edi. Boshqa futbolchilardan bor kuchini berishni talab qilgan", – dedi "Anji" sobiq yarim himoyachisi.
O’xshash yangiliklar
20:31
Sergey Chigodaev boshchilidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasining bugungi mashg'ulotlaridan suratlar 3

Fikrlar