Odil Ahmedov: "Bizga sovuqqonlik va tajriba etishmadi"
17 jan 2019 22:30
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "Bizga sovuqqonlik va tajriba etishmadi"
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi (1:2) haqida fikr bildirdi.
Ahmedov ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi.
"Jamoaga sovuqqonlik va tajriba etishmadi deb o'ylayman. Bu Osiyo Kubogida har qanday jamoa bilan o'ynash mumkinligiga guvoh bo'lyapmiz. Oldimizga yuqori maqsad qo'yilgan ekan, keyingi raqib kim bo'lishidan qatiy nazar munosib o'yin ko'rsatishimiz shart.
Avstraliya? Ha, keyingi raqib Avstraliya bo'lishini bilamiz. Hozir aytganimdek, agar chempion bo'lishni istasak, har qanday jamoaga qarshi o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak" - deydi Odil Ahmedov.

O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 12
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar