Odil Ahmedov: "Bizga sovuqqonlik va tajriba yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2019, 22:30
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi (1:2) haqida fikr bildirdi.

Ahmedov ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi.

"Jamoaga sovuqqonlik va tajriba yetishmadi deb o'ylayman. Bu Osiyo Kubogida har qanday jamoa bilan o'ynash mumkinligiga guvoh bo'lyapmiz. Oldimizga yuqori maqsad qo'yilgan ekan, keyingi raqib kim bo'lishidan qatiy nazar munosib o'yin ko'rsatishimiz shart.

Avstraliya? Ha, keyingi raqib Avstraliya bo'lishini bilamiz. Hozir aytganimdek, agar chempion bo'lishni istasak, har qanday jamoaga qarshi o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak" - deydi Odil Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia