So’nggi yangiliklar

19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  6 19:07Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм". Асосий таркиблар маълум  3 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  10 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  19 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  3 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35

Odil Ahmedov: "2011 yil Osiyo kubogidan oldin bizga nisbatan ishonchsizlik kuchli edi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "2011 yil Osiyo kubogidan oldin bizga nisbatan ishonchsizlik kuchli edi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov O'FA matbuot xizmatiga 2011 yil Osiyo kubogi doirasida mezbon Qatarga qarshi kechgan ochilish uchrashuvi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Turnir boshlanishidan oldin bizga nisbatan ishonchsizlik ko'proq edi. Nima bo'lar ekan degan hayajon kuchli bo'lgan deya olaman. Maydonga tushgunimizga qadar juda ham qiynalganmiz. Boz ustiga Qatar mezbon, o'sha payt ularda ham yaxshi tarkib shakllangandi. Maydonga tushganimizdan so'ng yuzaga kelgan muhit sabab o'ynash ishtiyoqi yuqori darajaga chiqqan. Markaziy himoyada o'ynaganim kayfiyatimga salbiy tasir qilgan omillardan biri sanalardi. Himoyachi bo'lsam ham gol urishimni sezganman. Birinchi bo'lim 0:0 hisobida durang bilan tugagach oldinga o'tish xohishi yuzaga kelgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Agar o'sha poziciyamga to'g'ri kelib qolsa faqat tepaman degan fikrda o'ynaganman. CHamasi 30 sekundlar to'p nazoratini ushladik, to'p menga kelgan payt kimdurlar tepma pas ber dedi. Lekin o'sha payt diqqatim faqat darvozaga qaratildi. To'pni tepgan zahotim gol bo'lishini his qila boshladim, to'p darvozani ichida edi. Qaysidir manoda bu gol o'zimga ishonchimni oshishiga va faoliyatimga ijobiy tomondan katta tasir qildi",- deydi Odil Ahmedov.

Odil Ahmedovning supergoli, Qatarni o'z maydonida mag'lub etgan Abramov yoxud 2011 yil Osiyo kubogidagi tarixni boshlab bergan uchrashuvga 10 yil bo'ldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика