So’nggi yangiliklar

02:08Лига 1. "Лион" 10 дақиқада 3та гол уриб, ажойиб камбэк ижро қилди  2 02:00АПЛ. "Кристал Пэлас" МЮни "ер тишлатди"  24 01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  0 01:04БАА. Азиз Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда  0 00:35Файзуллаев гол урди, бироқ ЦСКА сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:33Эрон. Машарипов гол урган баҳсда "Истиқлол" ғалабага эришди  1 23:34Жуд Беллингем нега "Реал"да 5 рақамини танлаган?  7 22:52Лондон клуби мавсум охирида мураббийи билан хайрлашади  1 22:32АПЛнинг бугунги баҳсида ҳакамга камера илиб қўйишади  8 22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  15 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  23 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  11 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  12

OCHLda xet-trik qayd etgan Igor Sergeev - "SHanxay Port"ga qarshi o'yin, yangi jamoasi va Tailand chempionati haqida Championat.asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

OCHLda xet-trik qayd etgan Igor Sergeev - "SHanxay Port"ga qarshi o'yin, yangi jamoasi va Tailand chempionati haqida Championat.asia saytiga intervyu berdi

Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqich bahsida Xitoyning "SHanxay Port" jamoasiga qarshi uchrashuvida uchta gol urib, "Patum Yunayted" jamoasini tarixda birinchi marotaba OCHL guruh bosqichiga olib chiqqan hamyurtimiz Igor Sergeev Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Yangi jamoaga ko'chib o'tdingiz. Yangi chempionatga moslashuv jarayoni qanday kechmoqda? Tailand chempionatining darajasi qanday?

- Hali chempionat darajasiga baho bera olmayman, sababi bor yo'g'i ikkita o'yin o'tkazdik. Kechagi uchrashuv esa yangi jamoadagi birinchi g'alabam bo'ldi. Barcha jamoalar bir-biriga raqobatdosh va juda kurashuvchan ekan, masalan biz hali chempionat doirasidagi bahslarda g'alaba qozona olmadik.

- "Patxum Yunayted" jamoasining maqsad va rejalari qanday? Jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashadimi?

- Har bir jamoa mavsum avvalida o'z oldiga eng katta maqsadlarni qo'yadi, biz ham bundan istisno emasmiz.

- Mavsum yakunida nechta gol ursangiz o'zingizdan qoniqasiz. Masalan 15ta yoki 20ta?

- To'g'risi aniq bir raqamni ayta olmayman. Qo'limdan kelguncha ko'proq gol urishga harakat qilaman. Hujumchiga golning soni emas uning ahamiyati muhimroq. Masalan uchta gol urib g'alaba qozonmaslikdan ko'ra, bita gol urib g'alaba qozonish yaxshiroq.

- Kecha bo'lib o'tgan uchrashuv haqida aytib bersangiz? Juda muhim o'yin oldidan jamoangiz qanday tayyorgarlik ko'rdi?

- O'yinga tayyorgarlik har doimgidek bo'ldi. Jamoa o'yinga yaxshi tayyorlandi, xotirjamlik va ishonch bor edi. Tailand chempionatining o'yinidan so'ng, o'sha kunda Xitoyga uchdik. Qiyin parvoz bo'ldi. O'yindan avval ko'proq, tiklanishga etibor qaratdik.

- SHarqiy Osiyoning eng mashhur jamoalaridan biriga uchta gol urdingiz. O'yindan keyingi hissiyotlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Tabiiyki juda xursand edim. Ushbu kunni hech qachon unutmayman. To'g'risini aytsam, jamoamning o'yini va futbolchilarning maydondagi xohishi meni yanada xursand qildi. Kechagi g'alabada hammaning hissasi bor futbolchilardan boshlab jamoa ishchilarigacha.

- O'zbekiston terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Oldindan taxmin qilish qiyin. Avvalroq aytib o'tganimdek har bir jamoa o'z oldiga eng katta maqsadlarni qo'yadi. Nima bo'lganda ham Osiyo kubogida bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz va eng yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Muxlislarni xursand qilishi asosiy maqsadimiz.

- Hozirgi kunda O'zbekistonda yaxshi hujumchilar juda kam, Superliganing to'purarlar ro'yxati bunga isbot bo'la oladi. Milliy chempionatimizdagi barcha to'purarlar xorijlik futbolchilar(CHeran, Nimeli, Xebay, Zaymovich, Tabatadze). Sizning fikringiz qanday?

- Fikringizga qo'shilmayman. Har bir jamoada hujumchilar bor va ular ko'p mehnat qilishadi, to'g'ri ko'p gol urmasligi mumkin. Lekin jamoasiga foyda keltiradi. Futbol jamoaviy o'yin va gollarni faqat hujumchilarning yutug'i deb o'ylash noto'g'ri. Gol urilishi uchun butun jamoa harakat qiladi va to'p hujumchiga etib kelgunga qadar barcha futbolchilar u bilan muomala qiladi. O'zbekistonda yaxshi hujumchilar yo'q degan fikrga qo'shilmayman. Hujumchi avvalambor jamoaning o'yin uslubiga to'g'ri kelishi kerak.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика