So’nggi yangiliklar

07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  0 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10

OCHLda legionerlar limiti oshishi ko'proq arablar foydasiga ishlaydi Yangiliklar

OCHLda legionerlar limiti oshishi ko'proq arablar foydasiga ishlaydi

Bugun OFK tomonidan xalqaro musobaqalarga doir bir nechta yangilik elon qilindi.

Osiyo chempionlar Ligasining 2023/2024 yilgi mavsumdan etiboran kuz-bahor tizimiga o'tishi ancha oldin aytilgandi. Yana bir yangilik shuki, kelasi yildan boshlab OCHL bahslarida har klub 5+1 formatidagi legionerlar xizmatidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Bungacha bir necha yildan beri 3+1 ga amal qilib kelinayotgandi. 

Bu yangilik ko'proq arab klublariga moydek yoqib tushgan bo'lishi aniq. CHunki Osiyoda legionerlar xizmatidan ko'proq arab jamoalari foydalanishni xush ko'radi. Bo'lib ham ular saviyali legionerlarga etibor qaratadi. 

Ayniqsa, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA klublarida pul ko'p va ular istalgancha legioner transfer qilish imkoniyatiga ega. Eron bu borada etti o'lchab bir kesadigan futbol jamoatchiligiga kiradi va ular qimmat o'yinchilarga ko'p ham oshiqmaydi. 

Legionerlar limitining oshishi o'zbek klublari uchun foydami? Hozirdan aniq bir gap aytish qiyin-u, lekin bu jamoalarimizning OCHLdagi munosib ishtirokini yanada qiyinlashtirsa kerak. CHunki limit oshgani bilan biz shunga yarasha kuchli legionerlarni jalb eta olmaymiz.

Buning uchun bizda katta mablag' ham yo'q. OCHL guruh o'yinlarini G'arb mintaqasida o'tkazishimizni inobatga olsak, arab klublari yanada kuchayadigan bir payt biz ular oldida ojizroq bo'lib qolamiz. CHunki bizga kelayotgan "vich"lar nimanidir qoyil qilishiga ishonish qiyin. 

Barsa Bloger.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика