So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  22 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  5 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 2-qism Yangiliklar

OCHLda bu safar uyalib qolmaylik. 2-qism

Ayni paytda barcha Oliy liga jamoalari yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.


Osiyo chempionlar ligasi Oliy ligadan sal avval start oladi. O'tgan yilgi musobaqada bizning to'rtta jamoamiz ham guruh bosqichidan nariga o'ta olishmagandi. Bu yilgi OCHLda ham uchta jamoamiz to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etishsa, "Bunyodkor" xuddi o'tgan yilgidek OCHLni pley-off o'yini orqali boshlaydi. Toshkentda o'tgan yili "Al Jazira" taslim etilgandi. Bu yilgi raqib esa "Al SHabab". Biz hozir "Bunyodkor" haqida emas, chempionatimiz kumush medallarini ketma-ket ikki yildan buyon o'ziniki qilib olayotgan - "Lokomotiv" jamoasi haqida gaplashamiz.


Tarkib jihatdan uch yildan buyon chempionatimizdagi eng kuchli ijrochilarga ega "temiryo'lchilar"ga doim nimadir etishmay qoladi. Bunga har kim turlicha sabablarni ro'kach qiladi. Kimdir tarkib barqarorligi yo'q desa, yana kimdir boshqa sabablarni aytadi. Darhaqiqat, "Lokomotiv" har mavsum boshida va mavsum o'rtasidagi transfer oynasida barchadan ko'ra faolroq bo'ladi va safiga doimo eng kuchlilarni qo'shib oladi. Lekin negadir "Loko" hech ham ko'zlangan asosiy maqsad - chempionlikka etisha olmayapti. Jamoani har transfer oynasida bir qator futbolchilar tark etishadi va ularning o'rni yangilar bilan to'ldiriladi. Bu deyarli ananaga aylanib ulgurgan.


Bu yil jamoa transfer oynasida faollikni saqlab qoldi va tarkibni bir qator kuchli futbolchilar bilan kuchaytirib oldi. Uzoq yillardan beri xorijda to'p surib kelgan tajribali yarim himoyachi Server Jeparov "Lokomotiv" bilan bir yillik bitimga imzo chekdi. Ushbu futbolchining to'plagan katta tajribasi va mahorati jamoaga OCHLda as qotishi mumkin. Uning oldiga esa "Paxtakor" sardori, etakchisi Kaxi Maxaradze kelib qo'shildi. Bu ham "Loko" ijrosidagi eng aqlli transferlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu orqali "Loko" nafaqat tarkibni kuchaytirishga erishdi, balki ikki yildan buyon chempionlik yo'lida haqiqiy to'siq bo'lib turgan "Paxtakor"ni ochiqchasiga kuchsizlantirdi. Bu tomonlama "Loko" yutdi. SHuningdek, jamoa safiga "Mashal" himoyachisi va sardori SHerzod Fayziev kelib qo'shildi. SHerzod Fayziev asosiy tarkibga kirish uchun Nemanya Yanichich va Islom To'xtaxo'jaev bilan jiddiy raqobatlashishiga to'g'ri keladi. "Lokomotiv"ning eski qadrdoni Sadriddin Abdullaev ham yana jamoa bilan birga.

  

Umuman jamoaning bu yilgi transfer bozorida hozirga qadar amalga oshirgan ishlari maqtovga loyiq. Muhimi o'tgan yilgi jamoa o'zagi saqlanib qolindi. Birinchi navbatda o'tgan mavsumda o'zini yaxshi taraflama ko'rsataga olgan asosiy tarkibdan muqim joy olgan Nemanya Yanichich jamoada olib qolindi. SHuningdek, etakchi futbolchilar ham hozirda jamoa bilan birga. Faqatgina ikkinchi davrada ijara asosida jamoaga kelgan Mo'ydin Mamazulumov "Navbahor"ga qaytarildi, Ibrohim Raximov, Dilshod Rahmatlullaev va Lutfulla To'raev esa jamoa bilan rasman xayrlashishdi. Ko'rinib turibdiki, jamoani tark etgan barcha futbolchilar o'tgan mavsumda zaxirada qolib ketgan va hozirgi "Lokomotiv"ning rejalaridan o'rin olmagan o'yinchilardir. Bu esa "temiryo'lchilar" uchun katta yo'qotish emas.

Bu bilan "Lokomotiv"ning selekciya ishlari yakunlanib qolgani yo'q. O'tgan mavsumni ijara asosida boshqa jamoalarda o'tkazgan bir qator futbolchilar hozirda "Lokomotiv"ga qaytishgan. Ular ichida "Qo'qon-1912" jamoasi to'p tepgan iqtidorli futbolchilar Doniyor Usmonov va Quvondiq Ro'ziev ham yangi mavsumda "temiryo'lchilar" safida qolishi mumkin. Jamoa ayni paytda BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. BAAda jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan Mirko Yelichich bir qator yangi nomlarni ham ko'zdan kechirishi kutilmoqda. Hozirda jamoa mashg'ulotlarida chernogoriyalik hujumchi Ivan Vukovich ko'rikdan o'tmoqda. Agarda ushbu hujumchining harakatlari murabbiylarga yoqsa, unda futbolchi yangi mavsumda "Lokomotiv" safidan joy olishi mumkin. Bu bilan esa jamoa hujum chizig'idagi bo'shliqni yopishga urinib ko'radi. OCHLda ishtirok etadigan va eng kamida guruh bosqichidan nariga o'tishni maqsad qilgan jamoaga yuqori saviyadagi kuchli hujumchi zarur. Eng avvalo o'sha futbolchida yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantirish xususiyati yuqori bo'lmog'i lozim.    
"Lokomotiv"ning eng zaif nuqtasi hozirgi kunda o'ng qanot himoyasi hisoblanadi. Vadim Abramov o'tgan mavsumda ushbu chiziqda asli poziciyasi yarim himoyachi bo'lgan Sardor Mirzaev va Jasur Hasanovni o'ynatardi. Mirko Yelichich bu yili ushbu xatoni takrorlamoqchi emas. "Loko" allaqachon bu zonaga qanot himoyachisi qidirishni davom ettirmoqda. "Temiryo'lchilar" avvaliga "Nasaf"dan SHuhrat Muhammadievni taklif qilishni rejalashtirishgan edi. Ammo bu transfer amalga oshmadi. Keyinchalik jamoaga "Paxtakor"dan Murod Xolmuhammedov ko'rikka chaqirildi. Biroq bu futbolchining hozirgi holati murabbiylar shtabiga maqul kelmagani bois, futbolchiga javob berib yuborildi. Ayni paytda "Loko" o'ng qanot himoyachisi qidirish bilan band. Agarda bu qanotda futbolchi topilmagan taqdirda, balki Mirko Yelichich terma jamoada yaqindan o'ng qanotda o'ynashni boshlagan Islom To'xtaxo'jaevni o'ynatar. Lekin bunga ishonish qiyin. CHunki Mirko Yelichich kimni qaerda o'ynatishni biladi va Islomdan o'ng qanotda naf yo'qligi terma jamoamizning o'yinlarini ko'rib ham bilgan bo'lsa ajab emas. Yangi mavsumga qadar "Loko" selekcionerlari bu bo'shliqni to'ldira olishlariga ishonamiz.


O'zbek jamoalari ichida "Loko" OCHLda munosib ishtirok etishga qodir tarkibga ega va ulardan bu yilgi mavsumda umid katta. Server Jeparov, Ignatiy Nesterov, Timur Kapadze, Kaxi Maxaradze va Islom To'xtaxo'jaev kabi futbolchilari bor jamoa OCHLda o'zini yo'qotib qo'ymasligi kerak. Tarkib jihatdan "Loko" har qanday jamoamizdan ustun. Ammo eng asosiysi jamoa sifatida "temiryo'lchilar" hali to'liq shakllanib ulgurishmagan. "Loko"ning bundan avvalgi murabbiylari har yili tarkibni keskin o'zgartirishlari orqali jamoaga aniq bir o'yin uslubini o'zlashtira olishmagan edi.
"Lokomotiv" jamoasi bu yilgi mavsumga yanada katta maqsadlar bilan jiddiy qaramoqda. "Lokomotiv" kuchli tarkibni nafaqat saqlab qola oldi, balki mavjud futbolchilarning oldiga yanada tajribali va etuk mahorat sohiblarini olib keldi. Tarkib yanada takomillashdi. Buyog'iga hamma gap bosh murabbiyda qoladi. Jamoani aynan murabbiy tayyorlaydi va ko'plab kuchli futbolchilarga ega jamoani boshqarish ham oson ish emas. Bu amalda ko'p marotaba isbotlangan. Misollar shart emas.


"Temiryo'lchilar" bosh qo'mondoni Mirko Yelichichning eng katta kamchiligi bu mutaxassisning avval hech bir jamoaga bosh murabbiy bo'lib ishlamaganida. Mirko Yelichich jismoniy tayyorgarlik bo'yicha juda katta malakaga ega mutaxassis sanaladi. Lekin jismoniy tayyorgarlik boshqa, bosh murabbiylik umuman boshqa. Endi barcha masuliyat Yelichich gardaniga qo'ndi. Ushbu kuchli tarkibga ega jamoani nafaqat boshqarishi, bitta katta oila sifatida shakllantira olishi darkor. SHundagina "Loko" ko'zlangan maqsadlari sari dadil qadam tashlay olishi mumkin.

"Lokomotiv" rahbarlarining bosh murabbiylardan og'zi kuygan, shu bois bu galgi tanlovni ancha o'ylab, keyin qabul qilishgan bo'lishi aniq. SHunga ishonamiz.

Mirko Yelichichning ustun tomonlari, jamoaga foydasi tegadigan etarli sifatlari borligi uchun ham unga jamoa boshqarishni taklif qilishgan bo'lishi aniq. Yelichich ham nimadirga ishongandirki, bu taklifga rozilik bildirgan. Umid qilamizki, bu galgi tanlov o'zini oqlaydi va uzoq kutilgan natijalar qayd etiladi.

"Lokomotiv" uchun OCHLdagi o'tgan yilgi ishtirok bu debyut edi. Endi jamoa yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlamaslik kerakligini tushunib etgan. Bu yili tajribasiz "Loko" emas, balki nima qilishni biladigan, tajribali jamoa ishtirok etadi. Vazifa ham shunga monand bo'lishi kerak. Hamma narsa navbati bilan erishiladi. Avvaliga guruh bosqichidan omon-eson o'tib olish lozim. Hamma diqqat-etibor shunga qaratilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Bizga qog'ozdagi kuchli nomlarga ega "Loko" emas, xalqaro maydonda o'z o'yinlari va natijalari bilan kuchli deb atalishga loyiq va munosib jamoaga kerak.


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика