So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  14

OCHL. Uchta tur o'tdi, uchta tur qoldi Yangiliklar

OCHL. Uchta tur o'tdi, uchta tur qoldi

Hash-pash deguncha Osiyo chempionlar ligasining uchta tur o'yinlari o'tib bo'ldi. Bu degani birinchi davra yakuniga etdi.

Yana uchta turdan so'ng guruh o'yinlari ortda qoladi va bizdan kimlarning keyingi bosqichga chiqqani oydinlashadi. Hozircha esa hammada imkoniyat bor.

O'TGAN YILGI DARS
O'tgan yil Osiyo chempionlar ligasi biz uchun juda xunuk bo'lgandi. Hech bir jamoa guruhdan chiqa olmagan va buning uchun har bir jamoaning aniq bahonasi bo'lgandi. Futbolda shunaqa - mag'lub bo'lgan payting hamma vaqt bahona topiladi. Lekin bu yil bunday bo'lmasligi kerak. Hech bo'lmaganda ikkita jamoamiz keyingi bosqichga chiqishi shart deb o'ylaymiz. Buning uchun imkoniyat ham, vaqt ham etarli. Endi buyog'iga murabbiylardan yanada zukko bo'lish, futbolchilardan yanada mohirlik bilan to'p tepish talab qilinadi. CHunki qolgan uchta turda qo'lga kiritiladigan ochkolar oltinga teng hisoblanadi. SHu o'rinda biz har bir jamoaning birinchi davrani qanday o'tkazgani-yu, ikkinchi davra oldidan imkoniyatlarini tahlil qilib ko'ramiz.   



"PAXTAKOR" - OMAD KETIDAN QUVIB
Tahlilni amaldagi chempion "Paxtakor"dan boshlaymiz. "S" guruhida ishtirok etayotgan "Paxtakor" 4 ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti. Jamoa uch o'yinni uch xil o'tkazdi: durang, mag'lubiyat va g'alaba. To'plar nisbati 4-6 (yani -2). "Paxtakor" uchun uch uchrashuvda 6ta gol o'tkazib yuborish ko'p degani, vaholanki mana shu gollar dastlabki ikki bellashuvda kiritildi. Har tutul Toshkentda "Traktorsozi" bilan bahsda "Paxtakor" gol o'tkazmasdan g'alaba qozona oldi va bu natija keyingi o'yinlarda asqotishi mumkin.

"Paxtakor" uchun Eron safari juda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. CHunki "Traktorsozi" mag'lub bo'lgani bilan hamon peshqadamlik qilmoqda va ular ham guruhdan chiqish uchun "Paxtakor"ni mag'lub etishga urinib ko'rishadi. Negaki "Traktorsozi" oxirgi ikki turni "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi va ikki o'yinda mag'lub bo'lish ehtimolini olsak, ular uchun "Paxtakor" varianti nisbatan qulayroq ko'rinadi. "Paxtakor" esa "Al Hilol" to'sig'idan o'tib bo'ldi va buyog'iga bemalol o'ynasa bo'ladigan raqiblarga qarshi bahs olib boradi. Agar safarda "Traktorsozi" bilan ijobiy natija qo'lga kiritiladigan bo'lsa, BAAning "Al Jazira" klubini ikki o'yinda ham mag'lub etish imkoniyati yuzaga keladi.  

TURNIR JADVALI 

# Jamoa O' YU D M T-N O
1       
 Traktorsozi        
3     
2    
0    
1    
5-1     
6   
2  Al-Hilol 3 1 2 0 7-4 5
3  Paxtakor 3 1 1 1 4-6 4
4  Al-Jazira 3 0 1 2 1-6 1


"Paxtakor"ning keyingi o'yinlari:
6 aprel. "Traktorsozi" - "Paxtakor"
19 aprel. "Al Jazira" - "Paxtakor"
3 may. "Paxtakor" - "Al Jazira"




"LOKOMOTIV" - YANA BIR QADAM
O'z tarixida ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etayotgan "Lokomotiv" hozircha 5 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Temiryo'lchilar" o'tgan yil OCHLda o'zlarini ko'rsata olishmagandi. Bu safar esa guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egalar. Jamoa avvalgi tur safarda "Sepaxon"ni 2:0 hisobida mag'lub etib qaytdi va o'z imkoniyatlarini ancha oshirib yubordi. "Lokomotiv" o'z maydonida ham bu jamoani mag'lub eta olsa, ana undan keyin "Al Nasr"ga qarshi ikkita muhim uchrashuvni o'tkazadi.



CHunki BAAning "Al Nasr" klubi ham 1-turdagi mag'lubiyatdan so'ng tezda o'ziga kelib oldi va keyingi ikkita o'yinni o'z foydasiga hal qildi. "Loko" safida Sardor Mirzaev o'zini ko'rsatib deyarli har o'yinda to'p kiritayotgan bo'lsa, "Al Nasr" tarkibida Nilmar jamoasining muhim gollarini urmoqda. SHuni aytish joizki, "Lokomotiv" bu yilgi OCHLda o'zbek klublari orasida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi va muxlislarning bu klubdan umidi katta. Jamoa ishonchli o'yin ko'rsatishda davom etsa, birinchi o'rinni egallagan holda guruhdan chiqishi mumkin.

TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M T-N O
1       
 Al-Nasr 3 2 0 1 4-3 6    
2  Lokomotiv       
3    
1    
2    
0    
4-2     
5
3  Sepaxon 3 1 0 2 2-4 3
4  Al-Ittihod 3 0 2 1 3-4 2


"Lokomotiv"ning keyingi o'yinlari:
6 aprel. "Lokomotiv" - "Sepaxon"
20 aprel. "Al Nasr" - "Lokomotiv"
4 may. "Lokomotiv" - "Al Nasr"



"NASAF" - HAMMASI O'Z QO'LIDA
"Nasaf" to'p surayotgan guruhda juda qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Birgina Qatarning "Al Jayish" klubi yig'ib qo'ygan 9 ochkoni hisobga olmaganda qolgan barcha ishtirokchilarda bir xil 3 ochkodan mavjud. Yani, ikkinchi o'rin uchun juda qizg'in kechishiga shubha yo'q. Uchta o'yin o'tkazgan "Nasaf" shundan ikkitasida mag'lub bo'ldi. Jamoa Saudiya Arabistionida mag'lubiyatga loyiq emasdi, bu o'yinda ko'p xatolik hakamdan o'tdi. Qatardagi bellashuvda esa o'yin durang bilan yakun topishi ham mumkin edi, biroq Sardor Rashidovning bahs oxirlarida kiritgan goli yana "Nasaf" mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi.



SHundan so'ng ko'pchilik Rashidov to'g'risida noto'g'ri fikrlar bildira boshladi. Hatto gol urib xato qildi deganlar ham bo'ldi. Nega endi uning gol urishi xato bo'larkan? Sardor professional futbolchi, u bugungi kunda "Al Jayish" safida to'p tepyapti, bu klub bilan shartnomasi bor va toki shartnoma nihoyasiga etguncha ushbu klub uchun borini berishga majbur. "Nasaf" esa aybni o'zidan qidirsin. Jamoa imkoniyatga ega bo'la turib gol ura olmayaptimi, demak ayb o'zida. Ammo "Nasaf"ning omadi shundaki, jamoa ikki bor yutqazgan bo'lsa ham, guruhdan chiqish uchun imkoniyati bor. Faqat bundan foydalansa bo'lgani.

TURNIR JADVALI 

# Jamoa O' YU D M T-N O
1      
 Al Jayish       
3    
3    
0    
0    
5-2     
9    
2  Al-Ayn 3 1 0 2 3-4 3
3 Nasaf 3 1 0 2 3-4 3
4  Al-Ahli 3 1 0 2 3-4 3


"Nasaf"ning keyingi o'yinlari:
5 aprel. "Nasaf" - "Al Jayish"
19 aprel. "Nasaf" - "Al Ayn"
3 may. "Al Ayn" - "Nasaf"



"BUNYODKOR" - AVVAL G'ALABA, KEYIN KEYINGI BOSQICH
"Bunyodkor" dastlabki uch tur yakunlariga ko'ra, o'zbek klublari orasida g'alaba qozonmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Tarkibi kuchsizlangan bo'lishiga qaramay, hatto "Paxtakor" ham zafar quchishni uddaladi, ammo "Bunyodkor"dan haliyam darak yo'q. Jamoa go'yoki o'tgan yilgi scenariy bo'yicha ketayotgandek. "Bunyodkor" o'tgan yil ham pley-off bosqichida g'alaba qzonib, undan so'ng guruh bahslarida o'zini ko'rsata olmagandi. Bu yil ham shu holat takrorlanishi mumkin. Jamoa hozircha ikki bor durang o'ynab, bir marta mag'lubiyatga uchradi.



Ayniqsa, 1-turdagi o'yinni yodga oling-a, "Bunyodkor" "Al Nasr" maydonida 3:1 hisobida zafar quchayotgandi, lekin nimadir bo'lib o'yin 3:3 bo'lib qoldi. Agar o'shanda g'alaba qo'lga kiritilganida "qaldirg'ochlar" hozir yaxshi imkoniyatda bo'lishardi. Ammo "Bunyodkor" haqida hozirdan fikr bildirishga erta, negaki hali oldindan uchta tur bor, qolaversa, "Al Nasr" bilan "Zobaxan" ko'p ham uzoqlashib ketgani yo'q. SHunday ekan, "Bunyodkor" uchun birinchi navbatda qaysidir o'yinni yutib olish talab etiladi, ana undan keyin keyingi bosqichga chiqish haqida gapirsak bo'ladi.

TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M T-N O
1      
 Al-Nasr 3    
1    
2     
0     
5-4    
5   
2  Zob Ahan 3 1 2 0 1-0 5
3  Bunyodkor        
3 0 2 1 3-4 2
4  Lahviya 3 0 2 1 1-2 2


"Bunyodkor"ning keyingi o'yinlari:
5 aprel. "Zobaxan" - "Bunyodkor"
20 aprel. "Bunyodkor" - "Lahviya"
4 may. "Lahviya" - "Bunyodkor"

X.Xoliqov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика