OCHL. “SHarja” “Al Taavon”ga javobsiz oltita gol urdi, SHukurov esa bahsda to'liq qatnashdi (+jadval)
22 sen 2020 01:45
Yangiliklar


OCHL. “SHarja” “Al Taavon”ga javobsiz oltita gol urdi, SHukurov esa bahsda to'liq qatnashdi (+jadval)
Uchrashuvda amirlik vakillari 6:0 hisobida zafar quchishdi. “SHarja” forvardi Velliton xet-trikka erishgan bo'lsa, Lukas Kayo, Muhammad Abdulbosit va Said Rashid ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Otabek SHukurov o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Mazkur g'alabadan keyin Abdulaziz Alyassi shogirdlari o'z hisobidagi ochkolar sonini 7 taga etkazib olib, “C” guruhida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. “SHarja” so'nggi turni 24 sentyabrda ular bilan bir xil ochkoga ega bo'lgan “Persepolis”ga qarshi o'tkazadi. Jamoalar o'rtasida o'tgan SHarjadagi o'yinda jangavor durang (2:2) qayd etilgandi.
Al-Taawoun |
AFC Champions League Grp. C . 5-tur 22/09/2020, 00:00 6
:
0
Tugadi
|
Sharjah Cultural Club Saif Rashid Nasir - 45', Welliton - 49', Mohammad Abdulbasit - 54', Welliton - 57', Welliton - 61', Caio - 68' |
“Al Taavon” (S.Arabistoni) – “SHarja” (BAA) 0:6 (0:1, 0:5)
"Education City Stadium"
Gollar: Rashid 45+1, Velliton 49, Abdulbosit 54, Velliton 57, Vellion 61, Kayo 68
O’xshash yangiliklar

Fikrlar