

Uchrashuvda amirlik vakillari 6:0 hisobida zafar quchishdi. “Sharja” forvardi Velliton xet-trikka erishgan bo'lsa, Lukas Kayo, Muhammad Abdulbosit va Said Rashid ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Otabek Shukurov o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Mazkur g'alabadan keyin Abdulaziz Alyassi shogirdlari o'z hisobidagi ochkolar sonini 7 taga etkazib olib, “C” guruhida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. “Sharja” so'nggi turni 24 sentyabrda ular bilan bir xil ochkoga ega bo'lgan “Persepolis”ga qarshi o'tkazadi. Jamoalar o'rtasida o'tgan Sharjadagi o'yinda jangavor durang (2:2) qayd etilgandi.
“Al Taavon” (S.Arabistoni) – “Sharja” (BAA) 0:6 (0:1, 0:5)
"Education City Stadium"
Gollar: Rashid 45+1, Velliton 49, Abdulbosit 54, Velliton 57, Vellion 61, Kayo 68




